Rossiya

Rossiyada koronavirusga qarshi yangi dori ishlab chiqarish boshladi

© Press-slujba Gosudarstvennoy Dumы RF / Fotobankka oʻtishPlenarnoye zasedaniye Gosdumы RF
Plenarnoye zasedaniye Gosdumы RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.06.2021
Koronavirusni faqat bir xil preparat bilan davolash har doim ham kerakli natijani bermaydi, shu sabab shifokorlar turli dorilar kombinatsiyasini tanlamoqda.
TOSHKENT, 5 iyun — Sputnik. Rossiyada koronavirusga chalinib tuzalgan odamlar qon plazmasi asosida yaratilgan yangi antikovid dori ishlab chiqarish boshlandi, deb xabar qildi sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko.
“Rossiyada yangi dorini ishlab chiqarish boshlangan. Ishlab chiqarish hajmini oshirish kerak, buning uchun albatta plazma kerak boʻladi. Bu kovidga qarshi immunoglobulin boʻlib, u virusni neytrallashtirish imkonini beradi. Antikovid plazmadan ustunroq", — dedi Murashko Sankt-Peterburgdagi xalqaro iqtisodiy forum doirasida.
Vazir aytishiga koʻra, faqat bir xil preparat bilan davolash (monoterapiya) har doim ham kerakli natijani bermaydi. Shu sababli hozir shifokorlar kerakli kombinatsiyani tanlashmoqda. Biz yaqindja qon plazmasi va virusga qarshi preparatlar kombinatsiyasining natijalari haqida yangi maʼlumotlar oldik, dedi vazir.
Birz oldin Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligining shtatdan tashqari bosh immunologi Sergey Avdeyev koronavirusni davolashda antikovid plazmadan foydalanish – unchalik samarali boʻlmagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala