Siyosat

Maktabgacha taʼlim vazirligida vazir oʻrinbosarlari oʻzgardi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovChinovnik s portfelem
Chinovnik s portfelem - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2021
Uzoqboy Begimqulov va Bahodir Anorboyev maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari lavozmiga tayinlandi.
TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Maktabgacha taʼlim vaziriga yangi ikki oʻrinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Vazirning birinchi oʻrinbosari Qahramon Olimov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Uning oʻrniga Vazirlar Mahkamasida ishlab kelgan Bahodirjon Onorboyev tayinlandi.
Bahodir Onorboyev 2020 yilning iyulidan boshlab u Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, yoshlar, maʼnaviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kotibiyati rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.05.2021
Jamiyat
Olis hududlarda 2 mingga yaqin oilaviy bogʻchalar tashkil qilinadi – prezident
Shuningdek, vazir oʻrinbosari Maqsudjon Yoʻldoshev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Vazirning yangi oʻrinbosari lavozimiga oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari boʻlib ishlab kelgan Uzoqboy Begimqulov tayinlandi.
Uzoqboy Begimqulov 2017 yildan buyon oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari boʻlib ishlab kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala