Nigeriyada Twitter᾽dan foydalanganlar javobgarlikka tortiladi

© AP Photo / Jerome DelayJiteli Nigerii
Jiteli Nigerii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2021
Obuna bo‘lish
4 iyun kuni Nigeriya hukumati mamlakat hududida Twitter ijtimoiy tarmog‘idan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Nigeriya adliya vaziri bosh prokurori Abubakar Malami Twitter᾽dan foydalanishga qo‘yilgan taqiqni buzayotgan kishilarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida buyruq berdi. Bu haqda Nigeriyaning “The Daily Post” nashri xabar qilmoqda.
Mamlakat Adliya vazirli matbuot xizmati xabarida aytilishicha, prokuratura bunga aloqasi bo‘lgan Kommunikatsiya vazirligi va boshqa idoralar bilan bog‘lanib, qoidabuzarlarni zudlik bilan javobgarlikka tortishi zarur bo‘ladi.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2021
Mail.ru va Twitter kompaniyalariga serverlarini O‘zbekistonga ko‘chirishga oid ko‘rsatma berildi
The Daily Post”ning yozishicha, Twitter᾽ni taqiqlash to‘g‘risidagi qaror kuchga kirgach, ko‘plab nigeriyaliklar taqiqni chetlab o‘tish maqsadida VPN᾽dan foydalana boshlashgan.
4 iyun kuni Nigeriya Axborot va madaniyat vazirligi hukumat mamlakat hududida Twitter᾽dan foydalanishni taqiqlaganini ma’lum qildi. Shuningdek, idora ijtimoiy tarmoqdan Nigeriya mavjudligiga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlar uchun foydalanilganini bildirdi. Axborot vazirligi rahbari o‘z navbatida Twitter᾽ni ikki yoqqa baravar xizmat qilishda ayblab, ijtimoiy tarmoqning Nigeriyadagi vazifasi “o‘ta shubhali” ekanini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0