OAV Putin va Baydenning Shveysariyadagi uchrashuvining ehtimoliy joyini xabar qildi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishJeneva
Jeneva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya va AQSh prezidentlarining ilk uchrashuvi “La Grange” villasida yoki “Hôtel Résidence Parc des Eaux Vives” mehmonxonasida bo‘lib o‘tishi taxmin qilinmoqda.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Bayden Jenevadagi “La Grange” villasida yoki “Hôtel Résidence Parc des Eaux Vives” mehmonxonasida yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazishlari mumkin. Bu haqda “NZZ am Sonntag” nashri xabar qilmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ikki mamlakat yetakchilari uchrashuvi uchun ko‘l manzarasi bo‘lgan joy tanlanishiga ko‘p narsalar ko‘rsatmoqda. Xabarda 1985-yili SSSR va AQSh yetakchilari Mixail Gorbachov va Ronald Reyganning bo‘lib o‘tgan uchrashuvi misol tariqasida keltirilgan. O‘shanda davlat rahbarlari Jeneva yaqinidagi Versuada joylashgan “Fleur d'Eau” villasida suhbatlashishgan edi.
Amerikanskiy lider Djo Bayden i prezident Rossii Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2021
Putin va Bayden uchrashuvida “surpriz” bo‘lishi mumkin
Ta’kidlanishicha, nashr suratchisi “La Grange” villasi yaqinda “harbiy etik kiygan kishilar” tomonidan ko‘zdan kechirilganini ko‘rgan. Sammitning ehtimoliy ikkinchi joyi “Hôtel Résidence Parc des Eaux Vives” ham villa ko‘rsatilgan bog‘da joylashgan.
Sammit o‘tkaziladigan kun Jenevaning butun markazi yopilishi kerakligi aytilmoqda. Allaqachon harbiylar bu ishlarga jalb qilingan. Shveysariya TIV sammit gazeta tilgan joylarda bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berishdan bosh tortgan.
Rossiya va AQSh yetakchilarinig uchrashuvi 16-iyun kuni Jenevada bo‘lib o‘tadi. Bu davlat rahbarlarining Baydenning AQSh prezidenti lavozimini bajarishga kirishgandan boshlab birinchi yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ladi. Jenevaga tashrif Putinning 2020-yil yanvaridan buyon amalga oshirgan ilk xorijiy safari bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0