Video

“Odamlar sarson”: Bishkekda yoʻnalishli taksi haydovchilari ish tashladi

Qirgʻiziston poytaxtida yoʻnalishli taksi haydovchilari 2 iyundan boshlab ommaviy ravishda ish tashladi.
Haydovchilar yoʻlkirani 10 somdan 15 somgacha (taxminan 1870 oʻzbek soʻmigacha) koʻtarishni talab qilishmoqda. Bir necha kundan buyon ishga chiqmay qoʻyishgan. Buning natijasida Bishkekda odamlar avtobuslarni uzoq kutishiga toʻgʻri kelmoqda. Trolleybuslar ish jadvalini oʻzgartirishga majbur boʻlgan. Bundan foydalangan taksi haydovchilari narxlarni koʻtarib olishgan. Ayrimlarning ishga piyoda borib kelishiga ham toʻgʻri kelgan.
Bishkek hukumati yoʻlovchilarni tashuvchi firma vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. Shunga qaramasdan yoʻnalishli taksi haydovchilari haligacha ishga chiqishmagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala