Oʻzbekiston va Tojikiston yirik shaharlar oʻrtasida avtobus qatnovini tiklashni muhokama qildi

© Press-slujba MIVTVstrecha zamestitelya premyer-ministra Uzbekistana Sardora Umurzakova s glavoy MID Tadjikistana Sirodjiddinom Muxriddinom.
Vstrecha zamestitelya premyer-ministra Uzbekistana Sardora Umurzakova s glavoy MID Tadjikistana Sirodjiddinom Muxriddinom. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2021
Tez orada Toshkent, Samarqand, Termiz, Dushanbe, Xoʻjand, Panjakent shaharlari oʻrtasida avtobus qatnovi qayta tiklanishi mumkin.
TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston ikki mamlakatning shaharlari oʻrtasida avtobus qatnovini qayta tiklash istiqbollarini muhokama qildi.
Gap Toshkent, Samarqand, Termiz, Dushanbe, Xoʻjand, Panjakent va boshqa yirik shaharlar haqida bormoqda.
Dushanbe shahrida Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikning hozirgi holati va uni chuqurlashtirishning istiqbollarini koʻrib chiqdi.
Tomonlar kutilayotgan oliy darajadagi tashrif chogʻida imzolanishi rejalashtirilgan ikki tomonlama hujjatlar va hukumatlararo bitimlarni ishlab chiqishning borishini muhokama qildi.
Madaniy-gumanitar sohada faol hamkorlikni davom ettirish boʻyicha kelishuvga erishildi. Xususan, madaniyat, sanʼat, fan arboblari, shuningdek, ikki mamlakat yoshlarining Oʻzbekiston va Tojikiston hududlariga oʻzaro safarlarini tashkil etishga kelishib olindi.
Rukopojatiye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Mirziyoyevning Tojikistonga amalga oshiradigan tashrifidan nimalar kutilmoqda
“Ipak yoʻli” sayyohlik brendini ilgari surish va “ziyorat – turizm”ni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha birgalikda ish olib borish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.
Shuningdek, tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala