Dunyoda

Qirgʻiziston va Tojikiston qoʻshinlarni chegaradan uzoqlashtirdi

© Sputnik / Igor Yegorov / Fotobankka oʻtishVoyennoslujaщiy voorujennыx sil Kirgizii
Voyennoslujaщiy voorujennыx sil Kirgizii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2021
TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Qirgʻiziston va Tojikiston qoʻshinlarni ikki mamlakat chegara chizigʻidan uzoqlashtirdi. Bu haqda Qirgʻiziston davlat chegara xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
“Qirgʻiziston va Tojikiston hukumatlarining qirgʻiz-tojik davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha muzokaralari yakunga koʻra tomonlarning qoʻshimcha kuch va vositalarini oʻzining doimiy joylashuv joyiga olib ketish yakunlandi”, - deya maʼlum qilgan idora vakili RIA Novostiga.
Taʼkidlanishicha, Qirgʻizistonning Oʻsh viloyati Chon-Alay tumani Unju-Buloq manzilidagi vaziyat barqaror. Tojik-qirgʻiz chegarasida joylashgan yerda chegara xizmati boʻlimlari kuchaytirilgan ravishda qoʻriqlamoqda.
Smotrovaya vыshka na kыrgыzsko-tadjikskom uchastke granitse - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.06.2021
Dunyoda
Tojikiston Qirgʻizistonning chegara kelishuvini buzilishi borasidagi ayblovlarini rad etdi
Kuni kecha Qirgʻiziston va Tojikiston vakillari qoʻshinlarni qoʻshma chegaradan uzoqlashtirish hamda chegara postini mamlakatning 3 km ichkarisiga koʻchirishga kelishib olgan edi.
Eslatib oʻtamiz, tojik-qirgʻiz chegarasidagi navbatdagi janjal 4 iyun kelib chiqdi. Qirgʻiziston Tojikistonni ilgari erishilgan kelishuvlarni buzganlikda aybladi, Tojikiston oʻz navbatida bu ayblovlarni rad etdi. Keyinroq ikki mamlakat TIVlari oʻzaro norozilik notalari bilan almashdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala