Hodisalar

Samarqandda bir erkak tanishini mix bilan oʻldirib qoʻydi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishGvozdi
Gvozdi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2021
Mast boʻlgan 26 yoshli fuqaro 50 yoshli tanishining tanasiga bir necha marta mix sanchib olgan. Koʻplab ogʻir tan jarohatlaridan jabrlanuvchi jonlantirish boʻlimida vafot etgan.
TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Urgut tumanida bir erkak boshqa birini bir necha marta mix bilan oʻldirgani haqida xabar tarqaldi. Bosh prokuratura voqea tafsilotlariga oydinlik kiritib, holat yuzasidan jinoiy ish ochilganini maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, voqea 5 iyun kuni tumandagi Gʻoʻs mahallasida roʻy bergan. Mast boʻlgan 26 yoshli fuqaro B.S. “Karvon” toʻyxonasi oldida 50 yoshli tanishi Oʻ.O. bilan janjallashib qolgan. Keyin savdo doʻkonidan 15 sm uzunlikdagi oʻtkir tigʻli mixni olib chiqib, tanishining oʻng koʻkrak qismiga bir marotaba sanchib olgan. Jabrlanuvchi yerga yiqilganidan soʻng oyoq va qoʻllari bilan uning bosh sohasiga zarbalar berib, unga koʻplab ogʻir tan jarohatlari yetkazgan. Natijada Oʻ.O. Urgut tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimida vafot etgan.
Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Hodisalar
Samarqandda erkak farzandini koʻrsatmagan qaynonasini oʻroq bilan oʻldirdi
Marhumning oʻlim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi B.S.ga qarshi JKning 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Gumonlanuvchi B.S. protsessual tartibda ushlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala