Jamiyat

Talabalarga akademik taʼtil berishning yangi tartibi belgilandi – asosiy oʻzgarishlar

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishStudentы
Studentы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2021
OTM talabalari akademik taʼtil olishi mumkin boʻlgan holatlar koʻpaydi.
TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Hukumat qarori (344-son) bilan Oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, OTM talabalariga akademik taʼtil quyidagi hollarda berilishi mumkin:
harbiy xizmatni oʻtash uchun;
salomatligini tiklash uchun;
homiladorlik va tugʻish uchun;
bolalarni parvarish qilish uchun;
oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun.
Talabaning akademik taʼtil olish haqidagi murojaati bir haftalik muddatda koʻrib chiqiladi hamda OTM rektori (direktori)ning buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Akademik taʼtil beriladigan talabalar arizasiga (ixtiyoriga) koʻra OTM rektori (direktori)ning buyrugʻiga muvofiq, uning oʻqishi akademik taʼtil muddatiga taʼlimning sirtqi yoki masofaviy yoki eksternat taʼlim shakliga oʻtkazilishi mumkin.
Talabaga akademik taʼtil berilishi uni oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi. Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.
Akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari oʻzlashtirilgan fanlarni qayta oʻzlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala