Jamiyat

Voyaga yetmagan shaxslarga jamoat tarbiyachilari tayinlanadi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Fotobankka oʻtishMalchik begayet
Malchik begayet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2021
Tarbiyachi hayotiy tajribasi va axloqiy fazilatlari bilan voyaga yetmaganlarga ijobiy taʼsir eta oladigan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi kerak.
TOSHKENT, 6 iyun — Sputnik. Hukumat qarori bilan Voyaga yetmagan shaxslarga jamoat tarbiyachilarini tayinlash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, jamoat tarbiyachilarining asosiy vazifasi nazoratsiz va qarovsiz qolgan hamda huquqbuzarlik yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan voyaga yetmagan shaxslar bilan yakka tartibda ishlash, shuningdek, ota-onasiga (yoki oʻrnini bosuvchi shaxslarga) voyaga yetmagan shaxslarni tarbiyalashda yordam koʻrsatishdan iborat.
Voyaga yetmagan shaxslarning jamoat tarbiyachisi 30 yoshga toʻlgan, voyaga yetmaganlar bilan kamida ikki yil ishlash tajribasiga ega, hayotiy tajribasi va axloqiy fazilatlari bilan voyaga yetmaganlarga ijobiy taʼsir eta oladigan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi kerak.
Voyaga yetmagan qizlarga ayol jinsiga mansub jamoat tarbiyachilari tayinlanadi.
Jamoat tarbiyachisini tanlash va tayinlash haqidagi qaror Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) idoralararo komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Quyidagi voyaga yetmagan shaxslarga jamoat tarbiyachilari tayinlanishi mumkin:
sud tomonidan majburlov choralari qoʻllanilgan yoki maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan;
ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtashdan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilingan;
ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytgan yoki tarbiya koloniyalarida jazoni oʻtagan;
nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlar;
bolani tarbiyalashda yordamga muhtoj oilalarning voyaga yetmagan farzandlari.
Yuklatilgan vazifalarni faol va vijdonan bajargan hamda ijobiy natijalarga erishgan jamoat tarbiyachilari BHMhning 5 baravarigacha (1 mln 225 ming soʻmgacha) miqdorda bitta voyaga yetmagan shaxs uchun bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantirilishi mumkin.
Podrostki v mashine detskogo priyemnika-raspredelitelya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.02.2021
Jamiyat
Voyaga yetmagan shaxslarni yaxshiroq himoya qilish uchun Jinoyat kodeksi oʻzgartirilmoqda
Voyaga yetmagan shaxsga jamoat tarbiyachisi 3 oygacha muddatga tayinlanadi. Ushbu muddat Komissiya tomonidan jamoat tarbiyachisining hisobotini eshitish natijalariga koʻra, bir marotaba koʻpi bilan uch oygacha uzaytirilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala