Asadov Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifidan nimalar kutilayotgani haqida gapirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPress-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavы yego administratsii Sherzod Asadov
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavы yego administratsii Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro tovar ayriboshlashni bir milliard dollarga chiqarishni maqsad qilganlar.
TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Tojikiston bilan hamkorlikda bironta sohada cheklovlar qoʻymaganmiz, dedi jurnalistlar bilan uchrashuvda Oʻzbekiston prezidenti matbuot-kotibi Sherzod Asadov.
Sherzod Asadovning maʼlum qilishicha, prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi 10-11 iyun kunlari amalga oshadi va Oʻzbekiston ushbu tashrifdan koʻp natijalarni kutmoqda.
Vstrecha zamestitelya premyer-ministra Uzbekistana Sardora Umurzakova s glavoy MID Tadjikistana Sirodjiddinom Muxriddinom. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2021
Oʻzbekiston va Tojikiston yirik shaharlar oʻrtasida avtobus qatnovini tiklashni muhokama qildi
"Tojikiston bilan tumanlararo hamkorlik orqali oʻzaro aloqalarning mutlaqo yangi bosqichiga chiqmoqdamiz va, umid qilamizki, bu yangi amaliyot samarali boʻladi hamda yaqin kelajakda oʻz natijalarini berishni boshlaydi. Umuman olganda, ushbu tashrifdan koʻp natijalarni kutmoqdamiz, salmoqli hujjatlar toʻplami tayyorlangan va ular oʻzaro savdo aloqalarimiz yanada rivoj topishiga zamin yaratadi", - deya qayd etdi prezident matbuot-kotibi.
Asadovning soʻzlariga koʻra, asosiy muzokaralar tashrifning birinchi kuni Dushanbe shahrida boʻlib oʻtadi.
Tashrifning ikkinchi kunida Xoʻjand shahrida qator tadbirlar rejalashtirilgan.
Reka Sыrdarya v rayone goroda Leninabada - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.05.2021
Siyosat
Oʻzbekiston va Tojikiston chegarada demarkatsiya ishlarini davom ettirishga kelishib oldi
Avvalroq Dushanbe shahrida Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan oliy darajadagi tashrif chogʻida imzolanishi rejalashtirilgan ikki tomonlama hujjatlar va hukumatlararo bitimlarni ishlab chiqishning borishini muhokama qilgan edi.
Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro tovar ayriboshlashni bir milliard dollarga chiqarishni maqsad qilganlar. Oʻtgan yil pandemiya sharoiti va buning oqibatida yuzaga kelgan maʼlum qiyinchiliklarga qaramay, ikki davlat oʻrtasidagi tovar ayriboshlash 500 million dollarga yetkazilgan va bugungi kunda Oʻzbekistonda 200ga yaqin oʻzbek-tojik qoʻshma korxonalari faoliyat yuritib keladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala