Eldor Shomurodov jamoasini o‘zgartirishi mumkin: “Yuventus”, “Roma” yoki “Milan”

© Ofitsialnaya stranitsa FK "Djenoa" v FacebookEldor Shomurodov posle zabitogo macha v vorota "Latsio"
Eldor Shomurodov posle zabitogo macha v vorota Latsio - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
Obuna bo‘lish
“Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodov klubning eng yaxshi to‘purari uchligidan o‘rin oldi. Futbolchining boshqa jamoaga o‘tish ehtimoli borligi haqidagi xabarlar doimo paydo bo‘lib turibdi. O‘zbekistonlik legionerga kimlar qiziqish bildirmoqda?
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Dmitriy Matveyev. O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Eldor Shomurodov Italiyadagi debut mavsumida o‘zini yaxshi namoyon etdi. “Jenoa”da moslashishi biroz og‘ir kechdi, ammo chempionat oxirida dadillanib, deyarli har o‘yinda gol ura boshladi. Natijada uning jamoasi A Seriyada 11-o‘rinni egalladi, Eldorning o‘zi esa sakkizta kiritilgan gol bilan genuyaliklarning eng yaxshi to‘purarlari uchligidan joy oldi. Sputnik nashri Italiya jurnalistlari o‘zbekistonlik o‘yinchiga qaysi jamoalarda qiziqish borligi haqidagi xabarlarini o‘rgandi.

“Yuventus” qiziqishi – ehtimoliy transfer haqida nimalar ma’lum

Shomurodovning “Rostov”dan Italiyaga ko‘chib o‘tishidan oldin sport matbuotida turli mish-mishlar bolalagandi. 2020-yil sentabr oxirida o‘zbekistonlik “Jenoa” yoki “Fiorentina”ga o‘tishi mumkinligi borasida xabarlar paydo bo‘ldi. Bir hafta o‘tib esa “Jenoa” Eldorning transferini rasman e’lon qildi.
2021 yil yanvar oyi boshlarida o‘zbekistonlik “Yuventus” klubiga borib qo‘shilishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu xabarlar “Jenoa” chempionatdan mahrum qolishi va Shomurodov o‘zini gollari bilan ko‘rsatmagan bir paytda tarqaldi. Italiya futbolining ayrim muxlislari uning bu transferi xato bo‘lishi deb hisoblashdi.

Shomurodov xususida italyan sport matbuoti nima deb yozmoqda

Bahor oxirida Shomurodov Italiya matbuotini yana “portlatdi”. Bu aynan o‘zbekistonlik hujumchining deyarli har bir o‘yinda gol urayotgan davrga to‘g‘ri keldi.
Italiyaning “Tuttosport” nashri vaziyatdan unumli foydalanib, Eldor bilan katta intervyu uyushtirdi. Unda o‘zbekistonlik kamtarin futbolchi muxlislardan uni “o‘zbek Messisi” deb atamasliklarini iltimos qildi, chunki argentinalik futbolchi bilan ular “hamma jihatdan boshqa-boshqalar”. Shomurodov Romelu Lukaku va Zlatan Ibragimovichni “fantastik” hujumchilar deb atadi, Italiya chempionatidagi eng kuchli o‘yinchi sifatida Krishtianu Ronalduni e’tirof etdi. O‘zbekistonda portugaliyalikni hammadan ko‘ra yaxshiroq tanishlarini ta’kidladi. Sheriklaridan Eldor makedoniyalik Goran Pandevni ajratib ko‘rsatdi.
Forvard FK Djenoa Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2021
Shomurodovning A Seriyadagi ilk dubli, biroq bu “Jenoa” g‘alabasi uchun kamlik qildi
Italiyaning deyarli barcha sport OAVlari intervyudan iqtibos keltirishdi. U haqda futboldagi mish-mishlarning asosiy sayti, jurnalist Janluki di Marsio yozgach, Eldor yana muhokamalar markaziga aylandi.

“Yuventus”,“Roma”oki “Milan”: Shomurodov faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkin?

Shomurodovning keyingi ish joyining asosiy varianti sifatida yana Turinning “Yuventus” jamoasi aytilmoqda. Muxlislar o‘zbekistonlik hujumchi munosib tarzda ispan Alvaro Morataning o‘rnini bosishi mumkinligini qayd etishmoqda. “Calciomercato” nashri xabarlariga qaraganda, “Yuventus” rahbariyati maosh hisob-kitobini yengillashtirish maqsadida Ispaniya termo jamoasi futbolchisidan xalos bo‘lishni rejalashtirilmoqda.
Rimning “Roma” klubi Eldor o‘z faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy ikkinchi variant sifatida qaralmoqda. Bu boradagi mish-mishlar may oyidayoq Twitter ijtimoiy tarmog‘ida bolalagandi. Shunday bo‘lsa-da poytaxt jamoasi muxlislari bu xabarga ishonchsizlik bilan qarashdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, “Roma” bilan bo‘lgan o‘yinda o‘zini ko‘rsatmagan va hozirda Rim jamoasining asosiy hujumchisi sanalgan Edin Jekoga ayrim hollar yutqazgan. Ammo eslatib o‘tish joizki, Jeko 35 yoshda va Shomurodov undan ancha yosh.
Yana bir variant sifatida “Milan” aytilmoqda. Twitter᾽da muxlislar o‘zbekistonlikni hujumchi sifatida ehtimoliy “Ibragimovichning vorislaridan” biri deb atashmoqda.
Eldor Shomurodovning “Jenoa” bilan shartnomasi 2024-yil 30-iyungacha tuzilgan, uning amaldagi transfer narxi 7 mln yevroni tashkil etadi. Agarda o‘zbekistonlikni biror-bir klub xarid qilishga qaror qilsa, “Jenoa”, hoynahoy, u uchun kamida bir yarim baravar ko‘proq so‘raydi.
Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2021
Eldor Shomurodovning goli “Jenoa”ga mavsumni g‘alaba bilan yakunlash imkonini berdi
Yangiliklar lentasi
0