Jamiyat

Hafta davomida havo harorati biroz pasayadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTsentralnaya alleya veduщaya k pamyatniku Alisheru Navoi
Tsentralnaya alleya veduщaya k pamyatniku Alisheru Navoi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Kavkaz hududlaridan kirib kelayotgan kuchsiz antitsiklon taʼsirida respublika shimolida havo harorati pasayadi va 33-38 darajani tashkil etadi.
TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. 8 iyun kuni Kavkaz hududlaridan kirib kelgan salqin havo respublikaning katta qismini qamrab oladi, buning hisobiga havo harorati pasayadi, deb xabar qilmoqda Oʻzgidromet.
Mamlakatda yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatida, togʻ oldi va togʻli hududlarda shuningdek momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. Havo harorati kechalari 24-27 daraja iliq atrofida boʻladi, kunduz kunlari esa harorat pasayadi va 34-38 darajani, respublikaning eng janubida 41-43 darajagachani tashkil etadi
Bunday harorat haftaning oxirigacha davom etadi, ammo harorat meʼyordan hali ham yuqori boʻladi va kechalari 20-25 darajani, kunduz kunlari 34-39 darajani, respublikaning eng janubida 41-43 darajagachani tashkil etadi.
Ushbu davrda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat togʻ oldi va togʻli huddularda bulutlilik rivojlanishida baʼzi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
8-9 iyun kunlari shamolli ob-havo saqlanib turadi, respublika boʻyicha shamol 17-22 m/s gacha, baʼzi joylarda changli boʻron bilan kuchayishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala