Jarimalarni to‘lamagan xorijiy yuk avtomobillari chegaradan chiqarilmaydi

© REUTERS / Toby MelvilleGruzoviki sleduyut pod konvoyem politsii v Folkstone, Velikobritaniya
Gruzoviki sleduyut pod konvoyem politsii v Folkstone, Velikobritaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
Obuna bo‘lish
Bugundan boshlab Rossiya hududiga kirayotgan va chiqayotgan yuk avtomobillari bojxona nazoratidan o‘tish vaqtida mavjud jarimalarni to‘lashi shart.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Xorijiy davlatlarga tegishli bo‘lgan yuk avtomobillari va avtobuslar Rossiya hududida yozilgan jarimalarni to‘liq qoplamagunicha – chegaradan chiqarilmaydi.
Rossiya da bugun 7-iyundan boshlab “Xalqaro yuk tashuvlari borasida davlat nazorati va uning tartibini buzish uchun javobgarlik to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi.
Xorijiy yuk tashuvchiga tegishli bo‘lgan transport vositasi, chegarani kesib o‘tish vaqtida, ushbu transport tomonidan Rossiya ichida YHX sohasida qoidabuzarlik sodir etilgani aniqlansa, ushbu transport vositasi belgilangan ma’muriy jazo bajarilganidan so‘ng Rossiya hududini tark etishi mumkin bo‘ladi, - deyilgan ushbu qonunda.
Agar yuk tashuvchi jarimani bojxona nazoratidan o‘tish vaqtida to‘lashga ulgurmasa, transport vositasi bojxona nazorat punktidan boshqa joyiga olib borib qo‘yiladi.
Aynan shunday choralar Rossiya hududiga kirishda ham qo‘llaniladi.
Yangiliklar lentasi
0