Rossiya

Murashko "Sputnik V" vaktsinasi necha pul turishini aytdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishVserossiyskiy forum "Malыy biznes – natsionalnaya ideya?". Den pervыy
Vserossiyskiy forum Malыy biznes – natsionalnaya ideya?. Den pervыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Rossiya sogʻliqni saqlash vaziri "Sputnik V" vaktsinasi davlatga necha pulga tushayotganini maʼlum qildi. Aholi uchun ushbu vaktsina bepul.
TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Rossiya aholisi uchun "Sputnik V" vaktsinasining narxi 900 rubl, dedi sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko.
“Albatta, kovid tufayli qoʻshimcha xarajatlar paydo boʻldi. Birinchi navbatda bu vaktsinalash xarajatlari. "Sputnik V"ning narxi, yetkazib berish xarajatlari bilan birga 900 rublga teng. Bugungi kunda bularning barchasi davlat tomonidan qoplanmoqda”, - dedi Murashko.
Biroz oldin Mixail Murashko Rossiya aholisi uchun jami 30 million doza vaktsina xarid qilinganini maʼlum qilgan edi.
Ayni amda emlash Rossiyaning barcha hududlarida olib borilmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2021 yilning sentyabr oyiga qadar aholining 60%ini emlab boʻlinishi kutilayotganini aytgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Gamaleya nomidagi NITSEM tomonidan ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaktsinasi COVID-19ga qarshi dunyoda birinchi roʻyxatdan oʻtkazilgan vaktsina boʻldi. Rossiya SSV uni 2020 yilning avgust oyida roʻyxatdan oʻtkazgan edi. Bugungi kunda ushbu vaktsina dunyoning 66 davlatida tan olingan, emlanganlar soni 4 million kishiga yaqinlashgan. Vaktsina samaradorligi - 97 %.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala