Kolumnistlar

Nega “Xorijiy agent” deb eʼlon qilingan OAVlar oʻz-oʻzidan yopilib ketmoqda?

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishVыveska na zdanii shtab-kvartirы mejdunarodnoy radioveщatelnoy organizatsii "Radio „Svobodnaya Yevropa“/Radio „Svoboda“ v Prage
Vыveska na zdanii shtab-kvartirы mejdunarodnoy radioveщatelnoy organizatsii Radio „Svobodnaya Yevropa“/Radio „Svoboda“ v Prage - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Bugun gʻarbiy qarashlarni Rossiyaga olib kelayotganlar – ilgʻor gʻoya tashuvchilari emas koʻproq moxovlarga oʻxshab qolmoqda...
Sankt-Peterburgda oʻtgan hafta oxirida boʻlib oʻtgan xalqaro iqtisodiy forum doirasida “xorijiy agent” deb eʼlon qilingan OAVlar uchun biznes-nonushta tashkil qilindi.
Tadbir boshlanishidan bir necha daqiqa oldin VTimes* nashri oʻzining yopilishini eʼlon qildi. Sabab – Adliya vazirligi tomonidan xorijiy agentlar roʻyxatiga kiritilgani.
VTimes izohiga koʻra, Adliya vazirligining qarori ularning biznes modelini mutlaq buzib yuyuborgan.

“Xorijiy agent nomi bizning biznes modelimizni buzib yubordi. Biz Vtimes*ni biznes tariqasida yaratgan edik. Reklama beruvchilar “xorijiy agent” bilan qanday hamkorlik qilishni bilmay qolishdi. Ularni tushunsa boʻladi”, - deyishdi ular.

Undan tashqari, aksariyat amaldorlar, ekspertlar xorijiy agent maqomidagi OAVga kommentariy berishdan voz kecha boshlagan.
Gap shundaki, VTimes* 2020 yilda "Vedomosti" nashridan ajralib chiqqan jurnalistlar tomonidan tashkil qilingan edi. U OAV sifatida Rossiyada yoki boshqa davlatda rasman roʻyxatdan oʻtmagan.
Bir tomondan ular OAV emasdek tuyulsada, ularning sayti bor va u yerda ular oʻzlarini “media” va “nashr” soʻzlari bilan ataydi va Niderlandda roʻyxatdan oʻtgan qandaydir Stichting 2 Oktober* nomli fond tomonidan boshqariladi.
Rossiya hukumati ushbu kelib chiqishi nomaʼlum kentavrni “xorijiy agent” deb nomlagani bejiz emas. “Erkin matbuot repressiyasi” haqida bor ovozda jar solayotgan xorijiy OAVlar oldin ana shu faktlarni eʼlon qilsa yomon boʻlmasdi.

Xorijiy agentlar roʻyxatidan, joy olgan qator “Ozodlik*” nashrlari, “Amerika ovozi*” va “Nastoyaщeye vremya*” telekanali oʻz xabarlariga “xorijiy agent” degan tamgʻa bilan tarqatmagani uchun bir necha oʻn million rublga jarima solingan edi. Ushbu yilning aprel-may oylarida ular oʻz redaktsiyalarini Gʻarb mamlakatlariga koʻchirishga majbur boʻlishdi. Aksariyat Praga va Kiyevga.

May oyining soʻnggi kunida (31 may) Newsru.com nashri ham yopilganini eʼlon qildi. Nashr maʼlumotiga koʻra, “Xorijiy agent” boʻlgani uchun emas balkim uning homiysi oligarx va mediamagnat Vladimir Gusinskiyning moliyaviy ahvoli yomonlashgani tufayli.
Lekin ayrim OAVla bunda ham Rossiya hukumatini aybdor qilishdi. Ular yozishiga koʻra, “ular yaratayotgan voqelik davlat OAVlaridan keskin farq qila boshlaganidan soʻng yirik reklama beruvchilar ular bilan ishlamay qoʻygan” va “koʻplab hurmatga sazovor kishilar va manbaalarga xorijiy agent yoki ekstremist deb markirovka qilishga" majbur boʻlgan.
Ushbu voqealarga Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova va prezident maʼmuriyati vakili Sergey Kiriyenko ham izoh berishdi.
Ular aytishiga koʻra, AQSH va Yevropa Rossiya OAVlariga bosim oʻtkazishi va turli yoʻllar bilan siquvga olishidan soʻng Rossiya ana shunday choralar koʻrishga majbur boʻlgan.
Predsedatel Nauchno-konsultativnogo soveta pri Antiterroristicheskom Tsentre SNG (ATTS SNG) Marianna Kochubey  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.11.2020
Jamiyat
Axborot urushi qurboniga aylanmaslik uchun nima qilish kerak – ekspert  
Ikkinchidan, Rossiyada bu sohada kiritilgan cheklovlar Gʻarbga qaraganda bir necha barobar yumshoqroq va erkinroq. (Xorijiy agentlar roʻyxatiga bor yoʻgʻi 20 ta tashkilot va shaxs kiritilgan).
Gʻarb va ularga xayrixoh boʻlgan kuchlar uzoq yillar davomida “Demokratiya” tushunchasini monopollashtirishi asosan ikki narsaga asoslangan edi:
Birinchisi - AQSH va Yevropaning koʻp sohalarda yutuqlari SSSRdan obʼyektiv ustun boʻlganligi boʻlsa, ikkinchisi - sharqiy davlatlar ommasi ongida Gʻarb haqida mohirlik bilan yaratilgan chiroyli afsonalar edi.
Buning oqibatida SSSR Gʻarbga nafaqat sovuq urushni, balkim sovet jamiyati ongida ertak darjasigacha idellashtirilgan Gʻarb obraziga axborot urushini ham boy berdi.
Bu soʻzsiz Gʻarbning yutugʻi edi, lekin XXI asrga kelib ular ushbu ustuvorlikdan mahrum boʻlishdi. Dunyo boʻylab tobora kuchayib borayotgan krizis esa gʻarbiy tizimlarning salbiy xususiyatlarini barchaga oshkor qildi. Ular shunchaklik xunuk, inson huquqlariga zid va tushunarsiz ediki, u tomondan kelayotgan “aql oʻrgatishlar” kulgu uygʻotadigan boʻlib qoldi.

Bugun esa, ularning nuqtai nazarlarini Rossiyaga olib kelayotganlar, xoh ular siyosiy yoki jamoat tashkilotlari boʻlsin, xoh OAV boʻlsin – ilgʻor gʻoyalar tashuvchilari emas koʻproq sotqin va moxovlarga oʻxshab qolmoqda.

* Rossiyada xorijiy agent vazifasini bajaruvchi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala