Madaniyat

Oleg Malginov: Rus tili oʻzbek madaniyatini jahonga tarqatishda yordam berdi

© Ramiz BaxtiyarovTorjestva v chest dnya rojdeniya Aleksandra Pushkina v Tashkente
Torjestva v chest dnya rojdeniya Aleksandra Pushkina v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Elchi taʼkidlashiga koʻra, Oʻzbekistonda rus tili oʻzbek tilining rivojlanishiga xalal bermaydi, balkim yoshlar uchun yangi imkoniyatlar ochishda yordam beradi.
TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Oleg Malginov Toshkentdagi A.S. Pushkin haykali yonida boʻlib oʻtgan, rus shoirining tugʻilgan kuniga bagʻishlangan tadbirda nutq soʻzladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Malginov aytishiga qarganda, aynan A.S. Pushkin tufayli rus tili dunyo xalqlari soʻzlashadigan xalqaro muloqot vositasiga aylangan.
“Pushkin rus tili xalqaro soʻzlashuv tiliga aylanishini va u boshqa millatlar tili va madaniyati rivojlanishiga hissa qoʻshishini oldindan aytib bergan edi”, - deydi Malginov.
Elchining taʼkidlashiga koʻra, Oʻzbekistonda rus tili oʻzbek tilining rivojlanishiga xalal bermaydi, balkim yoshlar uchun yangi imkoniyatlar ochishda yordam beradi. “Ikki til birlashganda yangi sintez, sinergiya, rivojlanish va kuch paydo boʻladi”.
© Posolstvo Rossii v UzbekistanePoeticheskaya aktsiya u pamyatnika A. S. Pushkinu v Tashkente
Poeticheskaya aktsiya u pamyatnika A. S. Pushkinu v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Poeticheskaya aktsiya u pamyatnika A. S. Pushkinu v Tashkente
Rus tili oʻzbek madaniyatining tarqatuvchisiga aylandi. Butun dunyo rus tili orqali Oʻzbekistonning mumtoz shoirlari Navoiy, Bobur va Shayboniyni tanishdi.
Oʻzbekistonning zamonaviy yozuvchi, shoir va madaniyat arboblari asarlarining rus tiliga tarjimasi butun dunyoda ulkan auditoriyaga tarqaldi, - deydi Malginov.
Rus tilini saqlab qolgan holda, Pushkin asarlarini oʻqib va oʻrganib oʻzbekistonliklar Rossiya bilan muloqot qilishlari mumkin. Rossiya Oʻzbekistonni oʻzining eng yaqin qoʻshnilaridan va doʻstona xalq va davlatlaridan biri deb biladi, - dedi elchi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala