O‘zbekiston - Singapur uchrashuvini boshqaradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaArbitr iz Baxreyna Abdulnabi Ali Xasan
Arbitr iz Baxreyna Abdulnabi Ali Xasan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston - Singapur uchrashuvini bahraynlik FIFA referisi boshqaradi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Bugun, 7-iyun kuni, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralash bahslari doirasida Singapurga qarshi maydonga tushadi.
Saudiya Arabistonining “Qirol Fahd” stadionida bo‘lib o‘tadigan mazkur bahsni bahraynlik FIFA referisi Ali Hasan Abdulnabi Alsamahiji boshqarib boradi.
Unga qanotlarda hamurti Navof Shahin Musa hamda suriyalik Fadi Mahmud yordamlashib boradi. Zaxira hakami Muhammad Abdulla (BAA), hakamlar nazoratchisi Umar Musa Abu Lum (Iordaniya) bo‘ladi.
Futbolist Odil Axmedov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2021
Milliy jamoaning Saudiya Arabistoniga yo‘l oladigan tarkibi e’lon qilindi
Uchrashuv komissari etib esa indoneziyalik Asep Saputra tayinlangan.
Ushbu o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchilar oq-ko‘k-oq rangli sport formasida maydonga tushishadi. Darvozabon esa qora rangli libosni kiyadi.
Yangiliklar lentasi
0