O‘zbekistonda necha kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVaksinatsiya v Tashkente
Vaksinatsiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
Obuna bo‘lish
Mamlakatda Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan 25 ming 902 kishi to‘liq emlangan.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda ikki oy mobaynida 2 million 069 ming 518 doza vaksina qo‘llanildi, shundan 348 ming 302 kishi to‘liq bosqichlarda emlanib bo‘lindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AstraZeneca bilan 321 ming 906 kishi, “Sputnik V” bilan 25 ming 902 kishi, ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan esa 494 kishi barcha bosqichlarda to‘liq emlangan.
Ta’kidlanishicha, “Sputnik V” va Astra-Zeneca vaksinalari ikki bosqichli emlanish bilan inson organizmida yuqori darajada immunitet hosil qilinishiga yordam beradi. ZF-UZ-VAC2001 vaksinasida esa to‘liq uch bosqichda emlangandan so‘ng inson organizmida yetarlicha antitanacha hosil bo‘lishiga erishish mumkin.
Vaksinatsiya Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Samarqand va Namangan viloyatlarida aholini “Sputnik V” bilan emlash boshlandi
31 may holatiga ko‘ra, eng ko‘p emlangan aholi qatlami bu 65 yosh va undan oshgan fuqarolar bo‘lib, ularga ikki oy mobaynida 747 ming 201 doza vaksina qo‘llanilgan. Tibbiyot xodimlari ko‘rsatgich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda. Ular vaksinaning yarim million dozasini olishgan.
Farg‘ona (289 105), Namangan (275 212), Andijon (268 996) va Samarqand viloyatlari (219 854 doza) emlash bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan.
Yangiliklar lentasi
0