Dunyoda

Pokistonda poyezdlar toʻqnashishi oqibatida kamida 30 kishi halok boʻldi

© AP PhotoV Pakistane pri stolknovenii poyezdov pogibli 32 cheloveka
V Pakistane pri stolknovenii poyezdov pogibli 32 cheloveka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bir poyezd relsdan chiqib ketgan ikkinchi poyezdda kelib urilgan.
TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Pokiston janubida ikkita poyezd toʻqnashib ketdi, buning natijasida kamida 30 kishi qurbon boʻldi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy ARY News telekanali maʼlumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.
Telekanal xabariga koʻra, ikkita yoʻlovchi poyezd Sind viloyati Gotki shahri hududidagi temir yoʻl bekatlari oʻrtasida toʻqnashib ketgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bir poyezd relsdan chiqib ketgan ikkinchi poyezdda kelib urilgan.
Mahalliy hukumat vakili Usman Abdulla toʻqnashuv oqibatida kamida 30 nafar yoʻlovchi qurbon boʻlganini tasdiqlagan va yana bir necha kishi poyezd boʻlaklari ostida ekanini qoʻshimcha qilgan.
Voqea joyiga politsiya va qutqaruvchilar yetib kelgan. Hududda poyezdlar harakati vaqtincha toʻxtatilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala