Prezident 10-11 iyun kunlari Tojikistonga rasmiy tashrif bilan boradi – Asadov

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovShavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon vo vremya podpisaniya dokumentov
Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon vo vremya podpisaniya dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-11 iyun kunlari Tojikistonga rasmiy tashrif bilan boradi.
Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov brifing davomida maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Asadovning soʻzlariga koʻra, asosiy muzokaralar tashrifning birinchi kuni Dushanbe shahrida boʻlib oʻtadi.
Rukopojatiye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Mirziyoyevning Tojikistonga amalga oshiradigan tashrifidan nimalar kutilmoqda
Tashrifning ikkinchi kunida Xoʻjand shahrida qator tadbirlar rejalashtirilgan.
Avvalroq Dushanbe shahrida Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan oliy darajadagi tashrif chogʻida imzolanishi rejalashtirilgan ikki tomonlama hujjatlar va hukumatlararo bitimlarni ishlab chiqishning borishini muhokama qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala