Iqtisod

Rossiya Oʻzbekiston pomidorining asosiy xaridori boʻldi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishPomidor
Pomidor - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Yanvar-aprel oylari Rossiyaga 17,5 ming tonna pomidor eksport qilingan.
TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston 2021 yilning yanvar-aprel oylari davomida qiymati 23,6 mln dollarlik 30,8 ming tonna pomidor eksport qilgan. Bundan Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari darak bermoqda.
Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 3,3 ming tonnaga koʻp.
Rossiya Oʻzbekistonning pomidorining asosiy xaridori boʻlgan. 17,5 ming tonna pomidor aynan bu mamlakatga eksport qilingan.
Keyingi oʻrinlarda Qozogʻiston (9,6 ming tonna), Qirgʻiziston (2,9 ming tonna), Tojikiston (876,3 tonna) qayd etilgan.
Pomidorы  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Iqtisod
Rossiya Oʻzbekistonning 17ta korxonasidan pomidor importiga ruxsat berdi
Shuningdek, Oʻzbekiston yanvar-aprel oylari Afgʻonistonga (12 tonna), Ukrainaga (5,4 tonna), BAAga (1,3 tonna) va Germaniyaga (0,4 tonna) pomidor eksport qilgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston aprel oyida qiymati 7,9 mln dollarlik 10,3 ming tonna pomidor eksport qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala