Iqtisod

Samarqand Oʻzbekistonda birinchi boʻlib YETTBning “Yashil shaharlar” dasturiga qoʻshildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaVid sverxu na ploщad Registan v Samarkande
Vid sverxu na ploщad Registan v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Samarqand Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki dasturning 48-ishtirokchisiga aylangan.
TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Samarqand Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB)ning “Yashil shaharlar” dasturiga qoʻshilgan holda qiymati 3 mlrd yevro boʻlgan barqaror rivojlanishni rejalashtirishi kerak boʻlgan Oʻzbekistonning birinchi shahriga aylandi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu qadam Oʻzbekistonning 2050 yilgacha uglerod neytralligini taʼminlashga hissa qoʻshishi kutilmoqda.
Samarqand dasturning 48-ishtirokchisiga aylangani dushanba kuni YETTB birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink tashrifi chogʻida imzolangan oʻzaro anglashuv memorandumi bilan tasdiqlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.05.2021
Siyosat
Mirziyoyev Seuldagi sammitda ishtirok etdi: asosiy fikrlar
Barqaror rivojlanish dasturiga qoʻshilish orqali shaharlar YETTB moliyaviy koʻmagi bilan pilot loyihani amalga oshirmoqda. Samarqand misolida - elektr avtobuslariga sarmoya kiritilishi kutilmoqda, shuningdek, Shaharni koʻkalamzorlashtirish boʻyicha harakatlar rejasi ishlab chiqiladi.
Endi ekologik muammolarni samarali hal qilish uchun Samarqand yakka tartibdagi koʻkalamzorlashtirish boʻyicha harakatlar rejasi dasturini ishlab chiqishni boshlaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala