Samarqand va viloyatning boshqa tumanlarida ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Voda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, joriy yilning tabiiy qurg‘oqchiligi sababli suv ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Samarqand va Samarqand viloyatining qator tumanlari aholisi toza ichimlik suvi ta’minotidagi uzilishlarga duch keldi. “Samarqand suv ta’minoti” MChJ ma’muriyati buning sabablarini keltirib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, Samarqand viloyati aholisining toza ichimlik suvi ta’minoti yer osti suv zaxiralari hisobidan korxona suv inshootlari tomonidan amalga oshiriladi.
“Samarqand suv ta’minoti” ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda yog‘ingarchiliklarning yo‘qligi va Zarafshon darosi o‘zanida suv oqimining kamligi sababli yer osti suvlarining sathi (debiti) pastlashib ketgan.

Natijada inshootlardagi nasos uskunalarining mo‘’tadil ishlashida yer osti suvi zaxirasining yetishmasligi sababli Samarqand, Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Pastdarg‘om, Nurobod, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi, Narpay, Payariq va Oqdaryo tumanlari aholisini toza ichimlik suvi ta’minotida uzilishlarni keltirib chiqarmoqda.

“Samarqand suv ta’minoti” MChJ ma’muriyati markazlashgan ichimlik suvi iste’molchilaridan joriy yilning tabiiy qurg‘oqchiligi sababli suv ta’minotida kuzatilayotgan kamchiliklar uchun uzr so‘ragan va mazkur holat tez orada o‘z yechimini topishini ma’lum qilgan.
Geyzernoe ozero nedaleko ot sela Aktash v Respublike Altay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2021
Insoniyatga suv tanqisligini bashorat qilishdi
Shu bilan birga korxona ma’muriyati iste’molchilardan ichimlik suvidan maqsadli foydalanish, uni behuda isrofgarchiliklariga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘ragan.
Yangiliklar lentasi
0