Turkiya Markaziy Osiyoda qanday rol o‘ynaydi – ekspertlar fikri

© CC0 / Unsplash / Meg JerrardBolshaya mechet Medjidie v Stambule
Bolshaya mechet Medjidie v Stambule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
Obuna bo‘lish
Bishkekda "Sapat" turk litseylari tarmog‘i rahbari Orxan Inandini qidirish ishlari davom etmoqda. Anqarada uni Turkiya prezidenti Rajab Erdog‘anning muxolifi - din targ‘ibotchisi Fatxulla Gulenning tarafdori sifatida bilishadi.
Dinara Kurmanova
Shu bilan bir qatorda Turkiya Respublikasi mamlakatda o‘ziga tegishli o‘quv dargohlarini ochish niyatida. Bu mamlakatning Markaziy Osiyo davlatlariga ta’sir kuchi haqida Sputnik obzorida o‘qing.

Janjal maktabi

Organ Inandi faoliyati bilan bog‘liq ziddiylashuvlar Qirg‘iziston va Turkiya munosabatlarida ham bir necha marotaba o‘z aksini topgan. Fatxulla Gulen Turkiyada jinoyatchi deb e’lon qilingach, Markaziy Osiyo davlatlari uning "Xizmet" deb atalmish harakatiga qarashli maktablarni yopa boshlagan edi.
Osnovatel dvijeniya Xizmet Fetxullax Gulen - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2017
Turkiya O‘zbekiston va yana 21 davlatdan "gulenchilar" ekstraditsiyasini so‘raydi
Gulen maktablarini Turkiya ta’lim vazirligiga qarashli "Maorif" jamg‘armasiga berib yuborishdan bosh tortgan yagona davlat Qirg‘iziston bo‘ldi. Bu yerda litseylar tarmog‘ini yangicha "Sapat" nomi bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazishdi. Qirg‘iziston ilm va fan vazirligi uning yangi hammuassisiga aylandi.
Hali Gulen davrida, ya’ni 2001-yilda, tarmoq rahbariga aylangan Orxan Inandi o‘z amalini saqlab qolgan bo‘lib, bu turk hokimiyatining ayrim vakillari e’tirozlariga sabab bo‘lgan edi.
Xususan, 2019-yilda Turkiya elchisi Jengiz Firat Qirg‘iziston musulmonlar diniy boshqarmasi tomonidan tashkillashtirilgan iftorga tashrif buyurib, tadbirda Inandiga ko‘zi tushadi va "terrorchi bilan bitta dasturxonda o‘tirishdan bosh tortadi".

Qirg‘iziston nega gulen maktablarini yopmadi?

"Umuman olganda u yerda chet el ishtiroki keng tarqalgan – turli nodavlat tashkilotlar faoliyat yuritishadi. Turkiya ta’siri esa juda past, shu bois, bordiyu hukumat Gulen maktablarini taqiqlaydigan bo‘lsa ham, bu maktablar muxolifat instrumenti bo‘lgan taqdirdagina bu ish ro‘y berishi mumkin. Ammo "Sapat" litseylarida bunday holatlar kuzatilmagan", - deydi sharqshunos Aleksey Malashenko.
Gulen maktablari bilan ro‘y bergan vaziyatda Qirg‘iziston neytral taktikani tanladi, deb hisoblaydi QR bosh vazirining sobiq maslahatchisi, “Yevraziya” strategik ishlanmalar markazi rahbari Kubatbek Rahimov.
"Shuni aytish joizki, Rajab Toyib Erdog‘anning o‘zi Gulen bilan yaqin muloqotda bo‘lgan, va maktablar bilan bog‘liq holat — bu Turkiya ichidagi darz ketishlardir, — deydi u. — Agar nazariya haqida gapirilsa, ya’ni bu maktablarda mafkuraviy tomondan noto‘g‘ri odamlar "shtampovka qilinayotgani"ga keladigan bo‘lsak, u holda, Qirg‘iziston suveren davlatligi, uning nazorat richaglari, masalan, davlat standarti borligini unutmaslik lozim. Ta’lim vazirligi litseylarda o‘tiladigan predmetlarga hamisha ta’sir ko‘rsata oladi”.
V Tashkente sostoyalas vstrecha ministra inostrannix del Uzbekistana Abdulaziza Kamilova s tureskim kollegoy Mevlyutom Chavushoglu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2021
O‘zbekiston va Turkiya TIV rahbarlari uchrashdi: tomonlar nimalarga kelishib oldi
Shunga qaramay, joriy yil yanvar oyida Qirg‘iziston profil idorasi "Maorif" jamg‘armasi bilan Bishkekda yangi xususiy turk maktablarini ochish haqida bitim imzoladi.
Turkiya parlamenti tomonidan qo‘llab quvvatlanadigan jamg‘arma qoshidagi maktablar qaysidir ma’noda Gulen muassasalari modelini takrorlaydi, deydi turkolog Aleksey Obrazsov.
"Keyin nima deyishlaridan qat’iy nazar, gulen maktablari dasturi juda aql bilan ishlangandi – Turkiya tinch usul, o‘z tili va madaniyatini ilgari surgan holda yangi tarafdorlarni zabt etardi, - deydi u. — Ushbu model Markaziy Osiyoda 1990-yillarda muvaffaqiyatli kechgan, nega deganda, siyosat bo‘shliqqa toqatsizdir, va SSSR barham topgach, mintaqada Turkiya ta’siri so‘zsiz, oshdi".
Markaziy Osiyo davlatlari Anqara tomonidan taklif etilgan – mo‘’tadil islom va yevropa loyihalarida ishtirok modelini jozibador deb topishardi, deya aniqlik kiritadi Kubatbek Raximov.
Studenti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2021
Rossiya OTMlariga kirish osonlashdi: xorijliklar uchun superservis nima
"1989 yildan 2000-yillarga qadar Turkiya navbatdagi o‘sishni boshdan o‘tkazardi — mamlakat YaIMi o‘sar, va ushbu fonda, albatta, panturkizm harakatlari bosh ko‘tarardi. Turk maktablari va litseylari ochilishining birinchi potogi ko‘proq O‘zbekistonga to‘g‘ri kelgan, so‘ngra bunga Qozog‘iston, Qirg‘iziston ham qo‘shilgan. O‘z vaqtida bu maktablar Rossiya regionlariga ham faol ravishda kirib kelgan: Tatariston va Boshqirtistonga.
Ammo yillar o‘tib, turklarning ham xafsalasi pir bo‘ldi: hali Otaturk vaqtida ular Yevropaning musulmon qismiga aylanishni rejalashtirgan bo‘lib, bu rejalari hali ham amalga oshgan emas", - deydi ekspert. Boshqacha so‘zlari bilan aytganda, Erdog‘anning bu usullarini biroz eskirgan deb aytish mumkin, deya xulosa qiladi Aleksey Obrazsov.
"Turk rahbariyatining Markaziy Osiyoga jazmi juda kuchli, ammo u iqtisodiy jihatdan tayanchga egamas. Turkiya talabalar o‘rtasidagi mobillikni oshirish maqsadida "Mevlana" dasturini tashkil qildi, ammo uni ko‘lamdor deb atab bo‘lmaydi. Ya’ni turk rahbariyatining bayonotlari imkoniyatlardan ilgarilamoqda", - deydi Obrazsov.
RFA IMEMO sobiq ittifoq tadqiqotlari markazi katta ilmiy xodimi Stanislav Pritchinga ko‘ra, turk dasturlari ko‘proq Rossiya madaniyatiga alternativa maqomini olgan. Misol tariqasida u Qorabog‘ mojarosini keltiradi, bunda "Maorif" jamg‘armasi Ozarbayjonga berilgan hududlarda turk maktablarini ochishga tayyorligini bildirgan edi.
"Geosiyosat nuqtayi nazaridan Turkiya o‘z ishtirokini oshirish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanadi. Ammo Rossiya uchun bu tizimli tahdid emas, chunki Markaziy Osiyo mamlakatlari va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar nisbatan yaqinda rivojlana boshladi va ularni birlashtiradigan omil turkiy tildir (Tojikiston bundan xoli – tahr.). Rossiya bilan esa mamlakatlar o‘rtasida uzoq tarixiy va iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lib, u bilan Turkiya tenglashishga qodir emas", - deydi Pritchin.

Hammasi pul bilan o‘lchanadi, yoxud Rossiya bilan Raqobat

Xalqaro ko‘lamdagi har qanday mafkuraviy ish pul talab qiladi, Turkiyada esa u yo‘q, deya ta’kidlaydi Aleksey Obrazsov.
CNBC tahlilchilari bahosiga ko‘ra, Turkiyada pandemiya tufayli real ishsizlik darajasi 25%ga yetdi,2020 yilda budjet defitsiti esa 25 milliard dollarni tashkil qildi (undan oldingi yilda bu ko‘rsatkich 22 mlrd dollar bo‘lgan).
V RF za znaniyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2021
Ilm izlab: o‘zbekistonliklar qanday Rossiya oliygohlariga bepul o‘qishga kirishmoqda
"Mamlakatda mustahkam o‘rin olish uchun iqtisodiy manfaatlarga ega bo‘lish lozim, Turkiya va Qirg‘iziston savdosi esa vaqtincha to‘xtab qolgan. – deydi Kubatbek Raximov. — Mamlakatlar o‘rtasida savdo aylanmasi o‘tgan yilda 507 mln $ tashkil etgan".
Turkiya va Tojikiston savdo aylanmasi bundanda past — 323 mln. $ 2020-yilda Turkiyaning Qozog‘iston bilan savdo aylanmasi — 3 mlrd $ (RF bilan $19 mlrd), O‘zbekiston bilan esa — 2,1 mlrd $ (RF va O‘zbekiston o‘rtasidagi aylanma miqdori $5,6 mlrd) tashkil qilgan.
"Qolaversa, ta’lim dasturlari borasida ham Rossiya Turkiya bilan muvaffaqiyatli raqib qilib kelmoqda, "Rossotrudnichestvo"ning loyihalarida mintaqada talab yuqori. Buning ustiga, Rossiya BMT insonparvarlik missiyasi doirasida Qirg‘iziston va Tojikistonda o‘quvchilarni bepul maktab tushliklari bilan ta’minlab keladi. Bularning barchasi Markaziy Osiyoning Moskva aloqasini mustahkamlab, jamiyat dunyoqarashiga ta’sir ko‘rsatadi", - dedi Rahimov.
Rossiya Markaziy Osiyodan bo‘lgan talabalar o‘qishi uchun kvota ajratibgina qolmay, mintaqa ichidagi ta’lim maydonchalarini ham faol rivojlantirib keladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 12ta Rossiya OTMlari filiallari faoliyat yuritib keladi. Rossiyaning bir nechta universitetlari vakolatxonalari Qozog‘istonda ham ochilgan, 1-iyun kuni esa Qirg‘izistonda ushbu amaliyotni o‘zida joriy etishni va mahalliy muassasalar negizida RF OTMlari filiallarini ochishni taklif qilishdi.
Torjestva v chest dnya rojdeniya Aleksandra Pushkina v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
Oleg Malginov: Rus tili o‘zbek madaniyatini jahonga tarqatishda yordam berdi
Tojikistonga Rossiya umumta’lim maktablari qurilishiga 30 mln $ ajratdi.
"Ko‘rib turibmizki, Rossiya ta’limi butun mintaqa uchun eng obro‘li bo‘lib qolmoqda, - deya xulosa qiladi Stanislav Pritchin. — Undan tashqari, YeOII yoki ODKB singari tashkilotlar ham Rossiya rolini oshiradi. Shu bilan birga RF yangi tuzilmalarni tashkil qiladi, deya umid bog‘laymiz – deylik o‘sha NNT masalan, nega deganda, bunday tashkilotlar mintaqadagi o‘zgarishlar va trendlarga tezroq munosabat bildiradi".
Yangiliklar lentasi
0