Jamiyat

Aholi xonadonlarida maydoni kamida 10 sotixli issiqxonalar barpo etiladi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishSbor klubniki v Abxazii
Sbor klubniki v Abxazii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
“Davlat-xususiy sheriklik asosida hududlarda zamonaviy issiqxona xoʻjaliklarini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi
TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. “Davlat-xususiy sheriklik asosida hududlarda zamonaviy issiqxona xoʻjaliklarini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi
Qarorga koʻra:
- issiqxona xoʻjaligiga ega boʻlish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish istagini bildirgan aholi (tashabbuskor aholi) tomorqalari va xonadonlarida maydoni kamida 10 sotix boʻlgan issiqxonalar barpo etiladi;
- qishloq xoʻjaligida foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari, zaxiradagi hosildorligi past boʻlgan paxta va gʻalladan qisqargan maydonlar, yaroqsiz deb topilgan bogʻ va tokzorlar joylashgan boʻsh yer maydonlarida har birining maydoni kamida 20 sotix boʻlgan turar joy majmuasini ham qamrab olgan issiqxonalar (uy-issiqxona majmualari) tashkil qilinadi.
Uy-issiqxona majmualari davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida quriladi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.06.2021
Siyosat
Mirziyoyev tuman hokimlarini yer ajratish vakolatidan toʻliq mahrum qildi
Tashabbuskor aholini tanlash investorlar va tuman hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Uy-issiqxona majmualarini qurish uchun xorijdan olib kelinadigan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan yigʻiladigan alohida qismlardan iborat tayyor holdagi zamonaviy issiqxonalar 2021 yil 31 dekabrgacha bojxona bojidan ozod qilinadi.
Shuningdek, issiqxonalar va uy-issiqxona majmualarini ishlab chiqarish uchun xorijdan olib kelinadigan, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan materiallar, xomashyolar va butlovchi qismlar 2023 yil 31 dekabrgacha bojxona bojidan ozod qilinadi.
Issiqxonalar va uy-issiqxona majmualari uchun yer soligʻi stavkalari hamda uy-issiqxona majmualari tarkibidagi turar joylar uchun mol-mulk soligʻi stavkalari ular foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab uch yil davomida 50 foiz miqdorida oʻrnatiladi.
Qarorga koʻra, sohadagi oliy taʼlim va professional taʼlim muassasalarida zamonaviy issiqxona xoʻjaligini tashkil etish, ularda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishning samarali usullarini oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi.
Bundan tashqari, har yili oʻtkaziladigan “Tashabbus” koʻrik tanlovi doirasida “Eng ilgʻor issiqxona xoʻjaligi” nominatsiyasi joriy etiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala