Jamiyat

"Andijon muzqaymoqlari"da ichak kasalliklarini qoʻzgʻatuvchi bakteriyalar aniqlandi

Morojenoye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Reyd tadbirlari davomida 132 aravachadagi 1 tonnadan ortiq muzqaymoqlar isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan.
TOSHKENT, 8 iyun - Sputnik. Oʻzbekistonda keyingi vaqtlarda ommalashgan "Andijon muzqaymoqlari" ustidan reyd tadbirlari oʻtkazildi, deb xabar berildi "Bu kun" informatsion dasturida.
Morojenoye v stakanchike - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.05.2021
Jamiyat
Aslida “Andijon muzqaymogʻi” brendi kimga tegishli?
Xabarda aytilishicha, 29 maydan boshlab Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi, soliq xizmati va ichki ishlar xodimlari tomonidan "Andijon muzqaymoqlari" ustidan reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Mazkur tadbirlar davomida 132 aravachadagi 1 tonnadan ortiq muzqaymoqlar isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan. Sababi, laboratoriya tashxislarida muzqaymoqda ichak tayoqchasi qoʻzgʻatuvchisi hamda stafilokokk aureus qoʻzgʻatuvchisi aniqlangan.
SEO va JSX Toshkent shahar boshqarmasi ovqatlanish boʻlimi mudiri Feruza Xoʻjayevaning taʼkidlashicha, ushbu muzqaymoq sotuvchilarining aksariyati Andijon viloyati Jalaquduq tumanida ishlab chiqarilayotgan muzqaymoqqa berilgan sertifikat nusxasini olib yuribdi. Bu ruxsatnomalar sotish uchun moʻljallanmagan, deydi u.
Shu kungacha mazkur muzqaymoqda kasallanish holati kuzatilmagani qoʻshimcha qilingan.
Sal avval "Andijon muzqaymoqlari" savdo belgisi kimga tegishliligi haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala