Dunyoda

AQSH Afgʻonistondan qoʻshinlarning yarmidan koʻpi chiqarilgani haqida bayonot berdi

© Flickr / The U.S. ArmyVertoletы koalitsii NATO v Afganistane
Vertoletы koalitsii NATO v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Oʻtgan haftalar davomida AQSH Afgʻoniston mudofaa vazirligiga oltita obʼyektni rasman topshirgani aytilmoqda.
TOSHKENT, 8 iyun – Sputnik. Amerika Qoʻshma Shtatlari Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarining yarmidan koʻpini olib chiqdi, deb xabar berdi Amerika QK Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM).
"Markaziy qoʻmondonlik tomonidan berilgan bahoga koʻra, biz oʻz kuchlarimizni olib chiqish jarayonining yarmidan koʻpini yakunladik", - deyiladi CENTCOM tomonidan tarqatilgan press-relizda.
Amerikanskiye voyennыe na ucheniyax NATO - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
Dunyoda
NATO Afgʻonistondan qoʻshin olib chiqilgandan soʻng kelgusi rejalari haqida maʼlum qildi
Relizda shuningdek, oʻtgan haftalar davomida AQSH Afgʻoniston mudofaa vazirligiga oltita obʼyektni rasman topshirgani va ushbu jarayonni davom ettirish niyatida ekanligi qayd etilgan.
AQSH administratsiyasi ittifoqdoshlar bilan rejalarni toʻliq muvofiqlashtirgan holda 1 may kuni Afgʻonistondan qoʻshinlarni chiqara boshlashi va bu jarayonni 11 sentyabrga qadar yakunlashi haqida eʼlon qilgan edi.
2020 yilda Qoʻshma Shtatlar va "Tolibon" radikal harakati Doxada 18 yil deganda birinchi marta tinchlik toʻgʻrisida bitim imzolagan edilar.
Ushbu bitim 14 oy ichida yaqin sharq mamlakatidan chet el qoʻshinini chiqarishni va oʻzaro asir almashinuvidan soʻng afgʻonlar aro muloqot boshlanishini koʻzda tutadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala