AQSh, Rossiya va Yevropa Ukrainaga qarshi birlashdi

© Sputnik / Nikolay Lazarenko / Mediabankka o‘tishFlagi SShA i Ukraini
Flagi SShA i Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
Obuna bo‘lish
Kecha kechqurun Jo Bayden o‘zining ukrainalik hamkasbi bilan telefon orqali suhbat qilishni o‘ziga ep ko‘rdi.
So‘nggi paytlarda Vladimir Zelenskiy Oq uy xo‘jayini bilan muloqot qilish ilinjida qanchalik kamsitilishlarga bormadi deysiz – Baydenning Vladimir Putin bilan uchrashuviga qadar.
Amerika tomonining izohlariga qaraganda, Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash haqida og‘iz ochilmagan. Kiyev uchun o‘sha o‘ta muhim va og‘riqli mavzu bo‘yicha, ko‘rinishidan, oldingi siljish ro‘y bermagan.
“Shimoliy oqim-2” gaz quvuri qurilishini avval boshdan turli yo‘llar bilan to‘xtatishga uringan Ukrainani loyiha o‘z yakuniga yetayotgani haqidagi yangilik chetlamay o‘tishi mumkin emas edi.
Flagi Rossii, YeS, Fransii i gerb Nissi na naberejnoy Nissi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2021
"Shimoliy oqim— 2"ga qarshi so‘nggi jang boshlandi
Kiyev butun G‘arbni yanada keskinroq sanksiya kiritishga to‘xtovsiz chaqirgandi va gaz quvuri ukrain gaz-transport tizimi (keyingi o‘rinlarda UGTT) borligini yo‘qqa chiqarishi va mamlakatni har yillik bir necha milliardlik foydadan mahrum qilishini bildirgandi. Hozir ham sanksiyalarni davom ettirish kerakligini takrorlamoqda.
Bu yerda haqiqat qayerda ekani va siyosiy manipulyatsiya nimaligini anglashga urinib ko‘ramiz.
UGTT 2014-yilgi davlat to‘ntarilishidan va keyingi so‘nggi voqealardan buyon muntazam o‘zining ahamiyati va qiymatini yo‘qotganidan boshlash kerak.
"Gazprom" va "Naftogaz" 2019-yil dekabr oxirida tuzgan bitimga ko‘ra, Rossiya o‘tgan yil ichida 65 milliard kubometr gaz o‘tkazib olishi kerak edi, 2001-yildan 2024-yilgacha esa yiliga 40 milliarddan.
Ukraina o‘shanda unga shartnomada “to‘la yoki olib o‘t” majburiy bandini yozisha muvaffaq bo‘lganini g‘alaba sifatida katta shodiyona bilan nishonlagandi. U “Gazprom” agar jismoniy jihatdan kamroq olib o‘tgan taqdirda ham to‘liq tranzit uchun pul to‘lashga majburligini nazarda tutadi.
Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2021
Kiyev AQShdan “Shimoliy oqim-2” bo‘yicha sanksiyalarni qaytarishni talab qilmoqda
Shundoq ham bo‘ldi.
2020 yilda Ukraina hududi orqali jami 55,5 milliard kubometr gaz olib o‘tildi. Bu so‘nggi 30-yildagi mutlaq antirekord. Taqqoslash uchun: 2009-yilda Ukraina orqali Yevroittifoqiga 120 milliard kubometr gaz o‘tgan.
Ya’ni quvvati 140 milliard bo‘lgan UGTTning uchdan ikki gaz quvuri va kompressor quvvati bugungi kunda bekor yotibdi. Ammo bunday murakkab qa uzun texnik obyektni uzoq vaqt to‘xtatib qo‘yib bo‘lmaydi, u doimiy xizmat ko‘rsatish, reja asosidagi ogohlantirish ishlari va pul kiritishlarni talab qiladi.
Va bu yerda ikkinchi qismga o‘tamiz.
2014 yili “Naftogaz” rahbari Andrey Kobolev UGTTni 25-25 milliard dollarga baholagan edi. Kiyev o‘sha payt bor kuchi bilan Yevropaning profil kompaniyalari ulushiga kirishni tiqishtirgan edi. Qiziqish bildirgan tomonlar sifatida Polshaning PGNiG, Shveysariyaning AOT Energy, Italiyaning Snam S.p.A. va Slovakiyaning Eustream a.s. kompaniyalari tilga olingan. Biroq Kiyev hukumati bu yerda ham hammani aldashga urindi.
Yevropalik o‘yinchilar amalda UGTTni xarid qilishga va Rossiya gazi ishonchligi masalasini abadiy yopishga tayyor edilar, ammo Kiyev taklifni 49 foiz bilan chegaralab, aksiyaning nazorat paketlarini sotishdan bosh tortdi. Natijada xaridorlarning umuman yo‘qligi sabab barcha tenderlar muvaffaqiyatsizlikk yuz tutdi.
Natsionalniy flag Ukraini i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
NATO tufayli Ukraina o‘z yeridan ayrilib qolishi mumkin – UXX generali
Vaqt o‘tib borardi, va bu UGTTga qarshi ish tutardi. 2018-yilda o‘sha Kololev milliy gaz-transport tizimi narxini 14 milliard dollarga baholadi. 2019-yilda esa tranzitni uzaytirish masalasi ko‘ndalik turganda “Ukrtransgaz” kompaniyasni bo‘lish natijasida paydo bo‘lgan va faqat tranzit uchun javob beradigan operatorning narxi jami 1,45 milliardni tashkil etdi.
Bu raqamlard osmondan olingani yo‘q, Kiyev audit o‘tkazish va baholash uchun Britaniyaning Ernst & Young konsalting kompaniyasini maxsusan taklif qildi.
Kiyev hozirgi vaziyat va keyingi istiqbollarni tushunmaydi deb o‘ylash kerak emas. Vladimir Putinning gaz quvurining bir qismi qurib bitkazilgani haqida bayonoti payda bo‘lishidan bir kun oldin Ukraina prezidenti HBO axborot giganti tarkibiga kiruvchi Axios nashri jurnalistiga intervyu berdi.
Unda Vladimir Zelenskiy AQSh Moskvaga sanksiya bosimidan voz kechgani, UGTTga sarmoya kiritmagani va buning natijasida Ukraina xavfsizligi va manfaatlariga tahdid borligidan hasrat qildi.
Qolaversa, janob Zelenskiy u va undan oldingi rahbarlar Ukrainani kiritgan chuqurlikni anglab, NATOdan zudlik Ukrainani o‘z tarkibiga qabul qilishni deyarli talab qildi.
Zelenskiyning chiqishini uning diplomatik organlari qanchalik chiroyli qilib yetkazishlariga qaramasdan, bu Rossiyaga qarshi ziddiyatda muvaffaqiyatsizlikni to‘liq tan olish edi. Ko‘cha tilida aytadigan bo‘lsak, g‘arb hamkorlari Ukrainani “kidat” qilishdi.
Vladimir Zelenskiy keyin nimalar bo‘lishi haqida og‘iz ochmayapti.
Ukraina yetakchisining sukuti tushunarli: u ikkinchi muddatga qayta saylanishni istaydi.
Voqealar zanjiri
Kiyevdagi davlat to‘ntarilishi, Ukraina prezidenti inaguratsiya marosimidagi AQSh energetika vaziri, barcha darajadagi amerikalik maslahatchilar, yevropalik o‘yinchilarning ukrain tranzitiga yo‘latilmasligi, UGTTning sekinlik bilan qadrsizlanishi, Jo Bayden Rossiya yashin tezligida qurib bitkazayotgan “Shimoliy oqim-2”ga qarshi yangi sanksiya kiritishdan bosh tortmoqda.
O‘n oltinchi iyun kuni Jenevada Rossiya va AQSh prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda Ukraina va Yevropaga gaz yetkazib berish mavzusiga to‘xtalishlarida hech qanday shubha yo‘q. O‘zimizga taxmin qilishga imkon beramiz, Baydenning sanksiyaviy qat’iysizligi bu, ehtimol, muloqot qilishga taklif.
Agar AQSh Ukrainani tranzit sxemasidan o‘chirsa va bevosita yetkazib berishni nazorat qilsa, bu tarzda Vashington nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yevropa Ittifoqi siyosatiga ta’sir ko‘rsata oladi, balki yana yaxshigina pul ishlab ham ololadi.
Bu, albatta, faraz xolos, biroq shunga o‘xshash sxema barchaga foydali. Yevropa bozoriga chiqish uchun oldidagi g‘ovlar olinadigan Rossiyaga. Groningen yopilishi ortidan o‘z fabrika va qozonlarini yoqilg‘i bilan ta’minlash o‘ta zarur bo‘lgan Yevropa Ittifoqiga.
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v otkritii pamatnika imperatoru Aleksandru III - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2021
AQSh shaxdam qadamlar bilan SSSR yo‘lidan ketmoqda - Putin
Qo‘shma Shtatlarga ham, ular umuman olganda loyihaga qarshi chiqa olmagan bo‘lsalar-da, lekin diplomatik topqirlik tufayli amerikaliklar yaxshigina moliyaviy va geosiyosiy dividentlarni olishlari mumkin.
Bu strategiya amalga oshirilgan taqdirda yagona yutqazgan tomon Ukraina bo‘ladi. Boz ustiga bu uning o‘ylab qilingan tarixiy tanlovi edi.
Manba: RIA Novosti.
Yangiliklar lentasi
0