Jamiyat

Ekstremistlar rahnamosi Abdulloh Zufar haqida maʼlumot berganlar mukofotlanadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye MVD Uzbekistana v Tashkente
Zdaniye MVD Uzbekistana v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Abdulloh Zufarning aksariyat maʼruzalari Oʻzbekiston konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan agʻdarishga xizmat qiluvchi va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan. Ularni respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash va tarqatish taqiqlanadi.
TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. IIV ekstremistlarning gʻoyaviy rahnamolaridan biri, Oʻzbekistondagi konstitutsiyaviy tuzumni agʻdarishga daʼvat qilgan Abdulloh Zufar haqida maʼlumot bergan shaxslar mukofotlanishini maʼlum qildi.
Xabarda yozilishicha, aholi orasida Abdulloh Zufar nomi bilan tanilgan ekstremistlarning gʻoyaviy rahnamolaridan biri Zofir Gʻafforov terroristik va ekstremistik tashkilotlarning aqidaparastlik gʻoyalarini fuqarolar oʻrtasida yoyishda Internet tarmogʻidan faol foydalanib kelmoqda.
© IIV matbuot xizmatiQidirilayotgan ekstremist Abdulloh Zufar
Qidirilayotgan ekstremist Abdulloh Zufar - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Qidirilayotgan ekstremist Abdulloh Zufar
Uning noqonuniy targʻibot faoliyati natijasida fuqarolar, ayniqsa, yoshlar orasida terrorizm va ekstremizm bilan bogʻliq jinoyatchilikni oshishiga, oilalar parokandaligiga, ota-onalar va farzandlar oʻrtasidagi munosabatlarda ziddiyatlarga, farzandlarni qurolli mojarolar davom etayotgan hududlarga chiqib ketishlariga asosiy sabab boʻlmoqda.
Taʼkidlanishicha, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning xulosalariga koʻra Abdulloh Zufarning aksariyat maʼruzalari Oʻzbekiston konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan agʻdarishga xizmat qiluvchi va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan boʻlib, ularni respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash va tarqatish taqiqlanadi.
Shu sababli fuqarolar Abdulloh Zufarning diniy maʼruzalari aks etgan har qanday koʻrinishdagi diniy materiallarni respublika hududiga olib kirishi, saqlashi (shu jumladan, kompyuter, noutbuk, telefon apparatlari va boshqa elektron maʼlumotlarni saqlash/tashish qurilmalarida) va tarqatishi (ogʻzaki, yozma, elektron koʻrinishda va h.k.) Jinoyat kodeksining 159, 244 prim 1 va 246-moddalari bilan jinoiy javobgarlikka hamda uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilishiga sabab boʻlishi haqida ogohlantirilgan.
“Abdulloh Zufarga nisbatan respublikamiz huquq-tartibot idoralari tomonidan xalqaro qidiruv eʼlon qilingan boʻlib, uning hozirgi kundagi aniq manzili, aloqa vositalari, jinoiy aloqalari hamda boshqa tergov uchun ahamiyatli maʼlumotlarni taqdim etgan shaxslarga, basharti ularning maʼlumotlari tasdiqlangan taqdirda amaldagi qonunchilikka asosan mukofot pullari taqdim etiladi”, - deyilgan xabarda.
Agarda yuqoridagi maʼlumotlarni taqdim etgan shaxslarning oʻzlari qidiruvda boʻlsa, ularni jinoiy javobgarligini yengillashtirish va mamlakatga qaytarish choralari koʻrib chiqiladi..
Abdulloh Zufar haqida maʼlumotlarga ega shaxslar Ichki ishlar vazirligining 102 qisqa, (+998) 71 231-34-33 raqamlariga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari mumkin.
Vazirlik maʼlumot taqdim etgan shaxslarning maxfiyligi sir saqlanishiga kafolatlanishini eslatgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq IIV ekstremistik guruhlarga qoʻshilib ketgan 10 nafar oʻzbekistonlikni qidiruvga bergan edi. Ular orasida Abdulloh Zufar (Zofir Gʻafforov) ham bor.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala