Iqtisod

YETTB Namangan viloyatida ichimlik suvi taʼminotini yaxshilashga 70 mln dollar ajratadi

© SS0 / Unsplash / 21 swanStakan vodы, illyustrativnoye foto
Stakan vodы, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Chust, Namangan va Pop tumanlarida istiqomat qilayotgan 170 mingdan ziyod aholi toza ichimlik suvidan doimiy foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi.
TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) Namangan viloyatida ichimlik suvi taʼminotini yaxshilashga 70 mln dollar ajratadi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va YETTB birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink tegishli bitimni imzoladi.
Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi hisobiga viloyatning Chust, Namangan va Pop tumanlarida istiqomat qilayotgan 170 mingdan ziyod aholi toza ichimlik suvidan doimiy foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi.
Mablagʻlar viloyatdagi yettita qishloq aholi punkti (Chortogʻ, Chust, Joʻmashoʻy, Qizil-Rovot, Pop, Toshbuloq va Uygʻur)ga xizmat koʻrsatuvchi suv olish va tarqatish stantsiyalari va tarmoqlari, magistral quvurlar va suv tozalash inshootlarini, shuningdek, Chust va Joʻmashoʻy qishloqlarida suv tozalash inshootlari, oqova suv stantsiyalari va tarmoqlarini qurish va taʼmirlash uchun sarflanadi.
Rebenok protyagivayet ruki k kranu s vodoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.02.2021
Jamiyat
Frantsiya Toshkentning suv taʼminoti tizimini yaxshilash uchun 145 mln yevro ajratadi
Investitsiyalar qariyb 115 ming yangi foydalanuvchilarga suv taʼminoti tarmoqlariga ulanish imkonini beradi. Yangi infratuzilma tufayli suv yoʻqotishlari yiliga 0,6 mln kubometrga kamayadi.
Loyiha aholiga xavfsiz ichimlik suvi yetkazib berish, isteʼmolchilarining shaxsiy gigiyenasini yaxshilash va mavjud suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirishga yordam beradigan suv taʼminoti infratuzilmasini modernizatsiya qilishni moliyalashtirish orqali qishloq aholisini markazlashgan suv taʼminoti tizimiga ulash boʻyicha Oʻzbekiston milliy dasturini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala