Hodisalar

Karmana tumanidagi ohak tsexida kuchli yongʻin yuz berdi – ishchi halok boʻldi

© MCHS UzbekistanaSpasateli MCHS likvidirovali pojar, vspыxnuvshiy v odnom iz restoranov Samarkandskoy oblasti
Spasateli MCHS likvidirovali pojar, vspыxnuvshiy v odnom iz restoranov Samarkandskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
FVV Karmana tumani hududida joylashgan ohak ishlab chiqarish tsexida sodir boʻlgan yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi.
TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. FVV Karmana tumani hududida joylashgan ohak ishlab chiqarish tsexida sodir boʻlgan yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi.
Bugun, ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatidagi zavodlardan birida yongʻin sodir boʻlayotgani aks etgan xabarlar tarqaldi.
Ushbu holat kecha 7 iyun kuni taxminan soat 15:52da Navoiy viloyati Karmana tumani, “Bogʻishamol” MFY hududidagi “Zarafshon Golden Groop” MCHJga qarashli ohak ishlab chiqarish tsexida texnologik jarayonning buzilishi natijasida yongʻin kelib chiqqan.
Maʼlum boʻlishicha, ushbu hodisa oqibatida korxonaning bir nafar ishchisi voqea joyida halok boʻlgan. Shuningdek, yongʻin joiyda boʻlgan bir nafar FVV xodimi kuyish tan jarohati bilan RSHTYOIM Navoiy viloyati filialiga yotqizilgan.
Mazkur hodisa yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi zudlik bilan holat yuz bergan hududga yetib borgan va qisqa muddat ichida yongʻin bartaraf etilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala