Iqtisod

Oʻzbekiston ilk bor Singapurga gilos eksport qildi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishChereshnya
Chereshnya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
May oyida Oʻzbekiston va Singapur kompaniyalari oʻrtasida tegishli bitim imzolagan edi.
TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Fargʻona viloyatida yetishtirilgan oʻzbek giloslari birinchi marta Singapur bozoriga eksport qilindi.
“Dunyo” AA xabariga koʻra, joriy yil may oyida Oʻzbekistoning "Uz-Segang" qoʻshma korxonasi va Singapurning "NOROO Holdings Singapore Pte.Ltd" kompaniyasi oʻrtasida 500 ming dollar miqdorda gilosning yangi hosilidan yetkazib berishni koʻzda tutadigan shartnoma imzolangan edi.
“Shu tariqa joriy yil 5 iyun kuni Fargʻona viloyatida yetishtirilgan oʻzbek giloslari birinchi marta Singapur bozoriga eksport qilindi. Oʻzbekiston giloslari 500 gramm PET-paketlarda "Hao Mart Eccellente" savdo tarmoqlariga yetkaziladi”, - deyilgan xabarda.
Pomidor - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Iqtisod
Rossiya Oʻzbekiston pomidorining asosiy xaridori boʻldi
"Hao Mart Eccellente" savdo tarmoqlari 2016 yilda tashkil etilgan. U "Hao Corporation" korporatsiyasiga qarashli Singapur supermarketlar tarmogʻiga xizmat koʻrsatadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala