O‘zbekiston terma jamoasi yirik hisobda Singapurni yakson qildi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Jahon Chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Singapur uchrashuvi Saudiya Arabistonidagi “Qirol Fahd” stadionida bo‘lib o‘tdi.
“Oq bo‘rilar” o‘yinning ilk daqiqalaridan maydondagi ustunlikni namoyish etishdi va bu 6-daqiqada Jaloliddin Masharipovning goli bilan o‘z mevasini berdi. Birinchi bo‘lim davomida to‘pga egalik qilish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamosi ustunlikka egalik qildi.
© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaFutbolist Jaloliddin Masharipov
Futbolist Jaloliddin Masharipov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
Futbolist Jaloliddin Masharipov
35-daqiqada Jaloliddin Masharipov uchrashuvdagi o‘zining ikkinchi golini urdi. Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi. Eldor Shomurodov bunday unumli foydalanib, o‘yindagi uchinchi golga mualliflik qildi. Shu tariqa birinchi bo‘lim o‘zbekistonlik futbolchilarning yaqqol ustunligi bilan yakunlandi.
© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaEldor Shomurodov
Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
Eldor Shomurodov
Ikkinchi bo‘lim boshida "oq bo‘rilar" sardori jamoaning imkoniyatlari yana oshirdi. 50-daqiqada Odil Ahmedovning golidan so‘ng hisob 4:0 ko‘rinishiga keldi. 86-daqiqada Odil Ahmedovning jarima maydoni tomon yo‘llagan to‘pni singapurlik Hafiz Nor o‘z darvozasiga yo‘llab yubordi. Hisob 5:0 ko‘rinishda o‘zbekistonlik futbolchilar foydasiga hal bo‘ldi.
© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaFutbolist Odil Axmedov
Futbolist Odil Axmedov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
Futbolist Odil Axmedov
O‘zbekiston terma jamoasi endilikda Yaman (11 iyun) va Saudiya Arabistoniga (15 iyun) qarshi maydonga tushadi. Bu g‘alaba ularga bu bahslarda katta ishonch bag‘ishlashi shubhasiz.
Arbitr iz Baxreyna Abdulnabi Ali Xasan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
O‘zbekiston - Singapur uchrashuvini boshqaradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0