Iqtisod

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ilk bor 35 mlrd dollardan oshdi

© AP Photo / NICK UTSlitki zolota
Slitki zolota - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Oʻzbekistonning rasmiy zaxira aktivlari may oyiga nisbatan qariyb 1,4 mlrd dollarga oshdi.
TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. 1 iyun holatiga koʻra Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari 35 mlrd 518,2 mln dollarni tashkil etmoqda. Bu oʻtgan oyga nisbatan 1 mlrd 327 mln dollarga koʻp. Bu maʼlumotlar oshkor qilina boshlagan 2017 yildan buyon eng katta koʻrsatkichdir. Bundan Markaziy bank raqamlari darak bermoqda.
Zaxiralarning oshishiga uning tarkibidagi oltin qiymati oshishi va valyutadagi aktivlarning koʻpayishi asosiy omil boʻlib xizmat qilgan.
May oyida oltin arzonlashishdan toʻxtagan va untsiyasining narxi 1900 dollargacha koʻtarilgan. Solishtirish uchun, aprel oyida untsiyasining narxi 1750 dollar atrofida boʻlgan edi. Oʻzbekistonning xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari esa 13 mlrd 679,7 mln dollarni tashkil qilmoqda.
Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari tarkibining juda katta qismi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala