Prezident Mirziyoyev sharafiga Dushanbeda katta konsert tashkillashtiriladi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaEmomali Raxmon vstretil Shavkata Mirziyoyeva v aeroportu Dushanbe
Emomali Raxmon vstretil Shavkata Mirziyoyeva v aeroportu Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
Obuna bo‘lish
Konsertda 300ga yaqin mashhur tojik va o‘zbek san’atkorlari chiqish qiladilar
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi munosabati bilan Dushanbeda ikkala mamlakatning mashhur san’atkorlari ishtirokida katta "Do‘stlik oqshomi" deb nomlangan konsert tashkillashtiriladi.
Bu haqda Sputnik Tojikiston mamlakat Madaniyat vazirligiga tayangan holda xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, ayni vaqtda Tojikiston poytaxtiga 100 dan ortiq o‘zbek san’atkorlari, musiqachilari va raqqoslari yetib borishgan.
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavi yego administratsii Sherzod Asadov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
Asadov Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifidan nimalar kutilayotgani haqida gapirdi
"Koxi Borbad" konsert zali sahnasida 150ga yaqin tojik ijrochilari chiqish qilishadi. Ular orasida Davlatmand Xolov, Nigina Amonkulova, Muxammadrafi Karomatullo va "Shashmaiom" bor.
Tojikistonga O‘zbekiston xalq artistlari - Yulduz Usmonova, Farrux Zokirov va Ozodbek Nazarbekovlarning ham kelishi kutilmoqda.
Konsertga O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi vakillari, Tojikiston hukumati va parlamenti vakillari ham taklif etiladi.
Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi 10-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston prezidenti Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri va Xo‘jand shaharlariga borishi rejalashtirilgan.
Davlat rahbarlari ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, turizm, madaniy-gumanitar va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari hamda xalqaro muammolarni muhokama qiladilar.
Yangiliklar lentasi
0