Sport

Qoʻl jangi boʻyicha Jahon chempionatida Oʻzbekiston birinchi oʻrinni egalladi

© Telegram / Federatsiya rukopashnogo boya pravooxranitelnыx organov RUzItog VI chempionata mira po rukopashnomu boyu 2021 goda. Flagi Uzbekistana (1 mesto), Rossii (2 mesto) i Kazaxstana (3 mesto)
Itog VI chempionata mira po rukopashnomu boyu 2021 goda. Flagi Uzbekistana (1 mesto), Rossii (2 mesto) i Kazaxstana (3 mesto) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 2019-yilda oʻtkazilgan jahon chempionatida Oʻzbekiston jamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egallagan edi.
TOSHKENT, 8 iyun – Sputnik. Qoʻl jangi boʻyicha VI Jahon chempionatida umumjamoa hisobida Oʻzbekiston birinchi oʻrinni egalladi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Qoʻl jangi federatsiyasi.
Musobaqa yakunlariga koʻra, oʻzbekistonlik sportchilar 8ta oltin 11ta kumush va 11ta bronza medallarni qoʻlga kiritishgan. Ikkinchi oʻrinni Rossiya terma jamoasi va uchinchi oʻrinni Qozogʻiston egallagan.
Eslatib oʻtamiz, Qoʻl jangi boʻyicha jahon chempionati 5-7 iyun kunlari ilk bor Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan edi. Unda dunyoning 30dan ortiq mamlakatlarida 200ga yaqin sportchilar ishtirok etishdi.
Musobaqa sportchilar yoshi boʻyicha ikki guruhga boʻlingan: 18-37 yoshli va 38-49 yoshli sportchilar orasida. Birinchi guruhda erkaklar orasida 9 ta va ayollar orasida 8ta vazn toifalari belgilangan edi.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 2019-yilda oʻtkazilgan jahon chempionatida Oʻzbekiston jamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egallagan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala