Rossiya

Rosatom yangi avlod yadroviy reaktori qurishni boshladi

© Sputnik / Ulyana Solovyeva / Fotobankka oʻtishNovovoronejskaya AES
Novovoronejskaya AES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Tez neytronlarda ishlaydigan reaktorlar issiqlik neytronlarida ishlaydigan reaktorlarga qaraganda samaraliroq va xavfsizroq hisoblanadi.
TOSHKENT, 8 iyun – Sputnik. Rosatom Tomsk viloyatining Seversk shahrida yangi avlod yadroviy reaktori - BREST-300 qurishni boshladi. Ayni damda yangi reaktorning poydevor betoni quyilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Tez netronlarda ishlovchi reaktor

Tez neytronlarda ishlovchi reaktorlar AESlarda hosil boʻlgan yadroviy yonilgʻi qoldiqlaridan foydalanish imkonini beradi. Bunda yadroviy yonilgʻi samaradorligi bugungi 3% oʻrniga - 30%ga yetadi. Ushbu texnologiya insoniyatni kelajakda minglab yillar davomida yadroviy yonilgʻi bilan taʼminlashi mumkin.

KengaytirishYigʻishtirish
“Bu yerda biz ertangi kunning toza va xavfsiz energetikasi asosini yaratmoqdamiz. U asr oxiriga qadar, yangi texnologik sharoitda, Rossiya yetakchiligini mustahkamlashi va rivojlantirishga xizmat qiladi”, - dedi Rosatom bosh birektori Aleksey Lixachev.
Yangi istiqbolli AES qurilishi boshlanish marosimida “Kurchatov instituti” izlanishlar markazi direktori Mixail Kovalchuk ham soʻzga chiqdi va Rossiyada atom energetikasi paydo boʻlishi haqida aytib berdi.

“Birinchi loyiha 1943 yilda Kurchatov institutida ishga tushgan edi. Uning yagona maqsadi – yadroviy qurol yaratish edi, qolgan barchasi uning natijasi boʻlgan”, - dedi Kovalchuk.

Ushbu yangi loyiha Rossiya atom sohasida yangi texnologik platforma yaratish, yopiq halqa tsiklida ishlaydigan atom energetikasi tashkil qilishga qaratilgan. Ushbu platforma yadroviy yonilgʻi qoldiqlari muammosini hal qiladi va dunyoda atom energetikasida Rossiya texnologiyalarining ustuvorligini taʼminlaydi.
BREST-300 qurib bitkazilishi 2027 yilga moʻljallangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala