Rosatom yangi avlod yadroviy reaktori qurishni boshladi

© Sputnik / Ulyana Solovyeva / Mediabankka o‘tishNovovoronejskaya AES
Novovoronejskaya AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
Obuna bo‘lish
Tez neytronlarda ishlaydigan reaktorlar issiqlik neytronlarida ishlaydigan reaktorlarga qaraganda samaraliroq va xavfsizroq hisoblanadi.
TOShKENT, 8-iyun – Sputnik. Rosatom Tomsk viloyatining Seversk shahrida yangi avlod yadroviy reaktori - BREST-300 qurishni boshladi. Ayni damda yangi reaktorning poydevor betoni quyilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Tez netronlarda ishlovchi reaktor

Tez neytronlarda ishlovchi reaktorlar AESlarda hosil bo‘lgan yadroviy yonilg‘i qoldiqlaridan foydalanish imkonini beradi. Bunda yadroviy yonilg‘i samaradorligi bugungi 3% o‘rniga - 30%ga yetadi. Ushbu texnologiya insoniyatni kelajakda minglab yillar davomida yadroviy yonilg‘i bilan ta’minlashi mumkin.

KengaytirishYig‘ishtirish
“Bu yerda biz ertangi kunning toza va xavfsiz energetikasi asosini yaratmoqdamiz. U asr oxiriga qadar, yangi texnologik sharoitda, Rossiya yetakchiligini mustahkamlashi va rivojlantirishga xizmat qiladi”, - dedi Rosatom bosh birektori Aleksey Lixachev.
Yangi istiqbolli AES qurilishi boshlanish marosimida “Kurchatov instituti” izlanishlar markazi direktori Mixail Kovalchuk ham so‘zga chiqdi va Rossiyada atom energetikasi paydo bo‘lishi haqida aytib berdi.

“Birinchi loyiha 1943-yilda Kurchatov institutida ishga tushgan edi. Uning yagona maqsadi – yadroviy qurol yaratish edi, qolgan barchasi uning natijasi bo‘lgan”, - dedi Kovalchuk.

Ushbu yangi loyiha Rossiya atom sohasida yangi texnologik platforma yaratish, yopiq halqa siklida ishlaydigan atom energetikasi tashkil qilishga qaratilgan. Ushbu platforma yadroviy yonilg‘i qoldiqlari muammosini hal qiladi va dunyoda atom energetikasida Rossiya texnologiyalarining ustuvorligini ta’minlaydi.
BREST-300 qurib bitkazilishi 2027-yilga mo‘ljallangan.
Yangiliklar lentasi
0