Rossiyada majburiy mehnatdan qochib, ikki oyog‘idan ajralgan fuqaro vatanga qaytarildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishSamolet Boing 777-300 ER aviakompanii "Aeroflot"
Samolet Boing 777-300 ER aviakompanii Aeroflot - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik majburiy ishlatilayotgan joydan qochib, bir necha kun sovuqda qolib ketishi natijasida ikki oyog‘idan ajralgan.
TOShKENT, 8-iyun - Sputnik. Rossiyada majburiy mehnatdan qochib, ikki oyog‘idan ajralgan fuqaroga yordam ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Asli samarqandlik A.N oilaviy sharoiti og‘irligi sababli 2007-yilda Rossiyaga ishlagini borgan. 2020-yilda A.N qurilish obyektida majburlab ishlatiladi. Majburiy mehnatdan qochish maqsadida qurilish obyekti atrofidagi o‘rmonzorga yashirinishga majbur bo‘ladi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil v Tursiyu s vizitom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2021
Turkiyada qiyin ahvolda qolgan 6 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
O‘rmonzorda adashib, bir necha kun sovuqda qolib ketishi natijasida ikki oyog‘idan ajraladi.
Agentlikning Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasi, mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida fuqaroga birlamchi tibbiy yordam olishi uchun ko‘maklashildi, "Vatanga qaytish guvohnomasi" rasmiylashtirib berildi. Homiylarning moliyaviy ko‘magida 6-iyun kuni Sankt-Peterburg-Samarqand aviareysi orqali O‘zbekistonga qaytarildi.
Shuningdek, Samarqand viloyatidan Sh.N va M.S lar pandemiya sharoitida ish topolmay, pulsiz qiyin ahvolda qolgan. Ushbu fuqarolar Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Sankt-Peterburgdan Samarqandga olib kelindi.
Yangiliklar lentasi
0