Sirdaryoda murdasi topilgan deb taxmin qilingan shaxs tirik bo‘lib chiqdi

© Sputnik / Aleksey FilippovSledstvenniy izolyator
Sledstvenniy izolyator - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
Obuna bo‘lish
Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida 100% kuyib ketgan jasad topilganligi ishi yuzasidan yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida 100% kuyib ketgan jasad topilganligi ishi yuzasidan yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi (O‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Zdanie MVD Uzbekistana v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
Ekstremistlar rahnamosi Abdulloh Zufar haqida ma’lumot berganlar mukofotlanadi
Ma’lum bo‘lishicha, qotillik alomatlari (yonib ketgan) bo‘lgan noma’lum shaxs murdasi bilan birga “COBALT” rusumli avtomashinasi ham topilgan. Noma’lum murda mazkur avtomobilni ijara shartnomasi asosida haydab yurgan fuqaro Fayzullo P. ekanligi taxmin qilingan. Biroq jinoyat joyi ko‘zdan kechirilganda o‘sha yerda yotgan aroq shishasi idishidan boshqa bir shaxs — fuqaro Sergey S.ning barmoq izlari aniqlangan.
Shundan so‘ng Sergey S.ning onasi va ukasi so‘roq qilingan. Yaqinlari tomondan marhumning doimiy ish joyi yo‘qligi, qurilish ishlarida yollanma ishchi bo‘lib ishlab yurishi, muqaddam o‘g‘irlik bilan sudlangani, muntazam ravishda spirtli ichimlik iste’mol qilishi, voqea sodir bo‘lgan kuni uydan chiqib ketib, qaytib kelmaganligi bayon etilgan.
Otdixayushie na plyaje Charvakskogo vodoxranilisha pitayutsya nasladitsya poslednimi pogojimi dnyami uxodashego leta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
Chorvoqda ommaviy mushtlashuv ro‘y bergani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida marhum deb taxmin qilingan Fayzullo P. aslida tirik bo‘lib, Ohangaron shahrida yashirinib yurganligi aniqlangan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Oxangaron shahridagi xonadonlarining birida yashiringan Fayzullo P. ushlangan.
Jinoyat ishi bo‘yicha so‘roq qilingan Fayzullo P. o‘z aybiga iqror bo‘lib bergan ko‘rsatmasida “COBALT” avtomashinasida Toshkent shahar hududida kirakashlik qilib yurganida ayrim fuqarolardan 4,1 ming AQSh dollarini aldab olgani, qarz bo‘lib qolgani, ularni qaytarishning imkoni bo‘lmagani sababli notanish shaxsni o‘ldirib, o‘zini o‘ldiga chiqarib ko‘rsatish rejasini tuzganligini bildirgan.
F.P. 2021-yil 28-may kuni Uchtepa tumani, 20-mavzesida baklashka terib yurgan rus millatiga mansub, o‘ziga notanish shaxs - Sergey S.ni ko‘rib, unga ish taklif qilib, o‘zining boshqaruvidagi “COBALT”ga o‘tqazib, do‘kondan olingan aroqni ichirib, Sirdaryo viloyati hududidagi ovloqroq joyga olib kelgan hamda o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirgan.
Hozirda gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0