Xitoy COVID paydo bo‘lishi haqidagi ayblovlarni Iroqda topilgan “kimoviy qurolga” o‘xshatdi

© REUTERS / Kim Kyung-HoonSentralniy bank Kitaya
Sentralniy bank Kitaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
Obuna bo‘lish
Virusning kelib chiqishini siyosiylashtirish va Xitoyni obro‘ysizlantirishga qaratilgan kampaniya Iroqda topilgan ommaviy qurol haqidagi yolg‘ondan farq qilmaydi.
TOShKENT, 8-iyun – Sputnik. Koronavirusning laboratoriyada yoki boshqa joyda paydo bo‘lganligi to‘g‘risidagi xulosalar JST protseduralariga asosan tasdiqlanishi kerak, dedi XXRning AQShdagi elchisi Lyu Penyuy.
“Koronavirusning Xitoy laboratoriyasida paydo bo‘lgani haqidagi ayblovlar 20-yillar oldin Iroqda go‘yoki topilgan ommaviy qirg‘in quroliga o‘xshaydi”, - deb yozgan Xitoyning AQShdagi elchisi Lyu Penyuy Twitterda.
COVID-19ning kelib chiqishi – bu ilmiy masala bo‘lib, siyosiylashtirish o‘rniga u JSTda belgilangan protseduralar va ilmiy metodlar asosida butun dunyo olimlari tomonidan birgalikda o‘rganilishi kerak.
Virusning kelib chiqishini siyosiylashtirish va Xitoyni obro‘ysizlantirishga qaratilgan kampaniya Iroqda topilgan ommaviy qurol haqidagi yolg‘ondan farq qilmaydi, dedi Xitoy elchisi.
Eslatib o‘tamiz 2003-yilning 5-fevral kuni AQSh davlat kotibi Kolin Pauell BMT xavfsizlik kengashiga ichiga oq poroshok solingan probirka olib kelib, Bog‘dodga qarshi harbiy operatsiya boshlash zarurligini ta’kidlagan edi.
Letuchiya mish  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2020
Xitoy koronavirus Uxan bozoridan tarqalgan, degan versiyani rad etmoqda
O‘shanda Rossiya bu “dalillarga” ishonmagan va Iroqqa qarshi kuch ishlatish haqidagi qarorni bloklab qo‘ygan edi. Shunday bo‘lsa-da, AQSh va Britaniya Iroqqa qarshi harbiy operatsiyani boshlagan va mamlakatni vayron qilgan edi. Iroqda hech qanday kimoviy qurol topilmagan edi.
JST va olimlar koronavirusning kelib chiqishi tabiiy va uni laboratoriyada yaratish mumkin emas deb ta’kidlashiga qaramasdan, AQSh eng boshidan ushbu virus paydo bo‘lishida Xitoyni ayblab kelmoqda. Donald Tramp pandemiyaning ilk kunlaridan boshlab o‘zining har bir chiqishida koronavirusni “Xitoy virusi” deb atab keldi.
OAVlarada ham vaqti vaqti bilan alohida olimlar koronavirus Xitoyda paydo bo‘lgani haqida “yangi dalillar” topilganini sensatsiya deb e’lon qilishmoqda. Vaholanki, Uxanda bo‘lib qaytgan JST ulkan ekspertlar guruhi COVID-19ning laboratoriyada yaratilgani haqida hech qanday dalil topa olishmagan edi.
Yangiliklar lentasi
0