Kolumnistlar

Xuddi oʻz uyidagidek: Turkiya Suriya shimolini egallab olmoqda

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishSituatsiya v naselennom punkte ad-Deyr ash-Sharkiy v Sirii
Situatsiya v naselennom punkte ad-Deyr ash-Sharkiy v Sirii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Turkiya asta sekin Suriya shimolini oʻz hududiga qoʻshib olishga harakat qilmoqda. Rossiya vaziyatga qanday taʼsir qilishi mumkin?
TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik, Kseniya Melnikova.
Suriya shimoli-sharqi Damasga deyarli boʻy soʻnmay qoʻygan. Anqara esa u yerda shifoxona, maktablar qurmoqda, turk lirasini muomalaga kiritmoqda. Oldin qurdlar yashagan hududlarga turkomanlarni va sunniy arablarni koʻchirmoqda.Bu bilan Turkiya Suriya suverenitetiga tahdid solmoqdami?

Noqonuniy kirishlar

“Suriya TIVi Turkiya hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni keskin qoralaydi. Idlibning terrorchilar nazorati ostida boʻlgan hududlarida Turkiya Suriya shaxsiy va oilaviy hujjatlarini bekor qilib ularning oʻrniga noqonuniy Turkiya hujjatlarini bermoqda. Bu turklashtirish siyosatining choʻqqisi”, - deyilgan Suriya axborot agentligi xabarida.
Damashq, shuningdek, “Suriya demokratik kuchlari” (SDF) nazorati ostida boʻlgan hududlarga Frantsiya va Nideland delegatsiyasi kirishini qoralab buni “Suriyaga qarshi agressiya” va “Xalqaro huquqning qoʻpol buzilishi” deb atadi.
Trassa M5 Damask-Aleppo v rayone poseleniya Maaret-Numan provintsii Idlib v Sirii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.03.2020
Dunyoda
Rossiya va Turkiya Idlib boʻyicha koʻplab masalalar yuzasidan kelishuvga erishdi
Suriya shimoli sharqidagi Qurd avtonom maʼmuriyati Gollandiya hukumatiga “Islomiy davlat” jangarilarining 4 nafar qarindoshlarini – bir ayol va uch bolani bergan. Daniel Mitteran fondi hamda Pariya meriyasi vakillaridan iborat Frantsiya delegatsiyasi ham Kamыshlы shahriga tashrif buyurgan. Damashq bu haqida ogohlantirilmagan.
Bu bilan Gʻarb Suriyaning shimoli va shimoli-sharqi markazga boʻy soʻnmayotganini koʻrsatib qoʻymoqchi boʻlgan. Aslida esa vaziyat bunday emas. Masalan, 26 may kuni prezident saylovi vaqtida Kamыshlы va El-Xaseke shaharlarida saylov uchastkalari ishlagan.

Turklashtirish

Turkiya bilan chegaradosh boʻlgan shimoliy hududlarda vaziyat butunlay boshqacha. Anqara u yerda qurdlarga qarshi harbiy operatsiyalar oʻtkazgan –2018 yilning yanvar – mart oylarida “Zaytun shoxi” hamda 2016 – 2017 yillarda “Firot qalqoni” operatsiyalari. Ushbu hududlarga Turkiyaga hayrixoh boʻlgan Suriya muxolifat kuchlari hozirgacha saqlanib qolmoqda.
Gʻarb va arab OAVlari hudud turklashtirilayotgani haqida bir necha yildan buyon taʼkidlab kelishmoqda. Bu yerda aholi punktlariga turkcha nomlar berish, turk lirasi suriya funtini siqib chiqarishi, qurdlar yashagan hududlarga turkomanlar va sunniy arablar koʻchib oʻtishi kuzatilmoqda.
Odatga koʻra, Anqara “yumshoq kuch”dan foydalanmoqda. Maktablar qayta qurilgan, oʻquv dasturlari turkchaga moslashtirilgan. Maslan tarix kitobidagi “Usmoniylar istilosi” iborasini “Usmoniylar hokimligi” deb almashtirilgan. Minglab oʻqituvchilar qoʻshni davlatlardan maosh olmoqda. Turk tili birinchi sinfdan boshlab oʻrgatilmoqda. Maktab bitiruvchilariga esa Turkiya OTMlariga kirish taklif qilinmoqda.
Bolshaya mechet Medjidiye v Stambule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Analitika
Turkiya Markaziy Osiyoda qanday rol oʻynaydi – ekspertlar fikri
Shifoxonalarni qayta tiklashda ham Anqara ishtirok etmoqda. May oyining oxirida Anadolu agentligi Turkiya Idlib tumaniga elektr taʼminotini tiklaganini maʼlum qilgan edi. Taʼmirlash ishlari yetti oy davomida olib borilgan. Bunga qadar elektr kuniga 2 soat davomida uzatilgan xolos.
Turkiya Qurolli kuchlari javobgarligi ostidagi hududlarda faoliyati yuritayotgan jangarilar 29 may kuni, maktab oʻquvchilarini Suriya diplomi olish uchun boʻlgan imtihonga oʻtkazib yubormagan edi. Qurollangan kishilar maktab oʻquvchilari ketayotgan avtobusni toʻxtatib uni orqaga joʻnatib yuborishgan.

Arzlar koʻp

Iyun oyining boshida Turkiyaga amerikaning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild kelgan edi. Ular Suriya shimoliga Bab al-Xava nomli asosiy nazorat-oʻtkazish punkti orqali insonparvarlik yordami yetkazib berish haqida kelishib olishdi. Bloomberg buni “Rossiyaning Suriyaga koʻrsatilayotgan yordamni cheklashiga qarshi qaratilgan tashabbus” deb atadi. Nazorat punkti mandati 10 iyulda tugaydi. Gʻarb va Turkiya uning muddatini uzaytirish tarafdori. Rossiya boʻlsa – mutlaq qarshi.
Anqara taʼkidlashiga koʻra, BMT nazoratisiz Turkiyaga yana qochqinlar yopirilib kela boshlaydi. Moskva esa ushbu nazorat punktini keraksiz deb hisoblaydi, chunki u orqali kirib kelayotgan yordam noteng taqsimlanmoqda va asosan jangarilar qoʻliga tushmoqda.
"Bab al-Xava" orqali yetkazib berilayotgan yordamni mamlakat ichidan yetkazib bersa ham boʻladi. Ushbu punktni nazorat qilayotgan jangarilar shaffof yetkazib berish tizimini xoxlamaydi, - deb yozgan edi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili oʻrinbosari Dmitriy Polyanskiy.
Kontsert na blokpostu rossiyskix mirotvortsev v Karabaxe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.02.2021
Rossiya
Rossiya va Turkiya Qorabogʻdagi sulhni qanday nazorat qiladi
Moskva va Anqaraning Suriya borasida erishilgan kelishuvlar qanday amalga oshirilayotgani borasida bir qancha daʼvolar toʻplanib qolgan. Tomonlar vaqti vaqti bilan “oʻt ochishni toʻxtatish” rejimi buzilayotganini xabar qilishmoqda, yaralanganlar haqida turlicha maʼlumotlar keltirishmoqda. Bahorda shartnoma mutlaq bekor qilinish xavfi ostida edi.
Anqara Suriya harbiylarini va shaxsan Bashar Asadni Idlibdagi deeskalatsiya hududiga zarba berishda va “gunohsiz odamlar oʻlimi”da aybladi. Suriya muxolifati esa Rossiya havo harbiy kuchlarining Bab al-Xavaga hujumi haqida maʼlum qilishdi. Undan tashqari Turkiya havo kuchlari ilk bor Rakka hududiga hujum uyushtirishdi.
“Rossiya – Turkiya hamkorlik qilayotgan hududlarda ham vaziyat murakkabligicha qolmoqda. U yerda terrorchilar hali ham bor. Bu esa vaziyatni normallashtirishga xalal bermoqda. Lekin hamkorlik davom etmoqda. Suriya borasida ham ayrim kelishmovchiliklar bor”, - degan edi bu borada Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Yaxshi yuz bilan yomon ishlar qilmoqda
Muammo shundaki, Turkiya Suriyada oʻzini xuddi oʻz uyidagidek tutmoqda. Suriya shimolida turk qoʻshinlari noqonuniy boʻlib turishibdi. Ularni na Suriya hukumati na BMT Xavfsizlik kengashi taklif qilgan, - deydi IMEMO ilmiy xodimi, Rossiya diplomatik akademiyasi dotsenti Vladimir Avatkov.
“Aslida Anqara ana shunday aralash texnologiyalar yordamida oʻzining taʼsir hududini kengaytirishni istaydi. Buni yangi usmoniylik, turkcha islomiylik yoki yangi pantyurkizm deyish mumkin.
Turklar aksariyat mahalliy aholi – turkomanlar ekanini taʼkidlashmoqda. Yaʼni usmoniylar imperiyasi davridan qolgan turklar. Aslida esa Turkiya agressiv hujumkor siyosat oʻtkazmoqda. Bu Suriyadan boshqa yoʻnalishlarda ham sezilmoqda, - deydi siyosatchi.
Sharqshunos va publitsist Andrey Ontikov ham ushbu fikrga qoʻshiladi.
Prezidentы Rossii, Turtsii i Irana Vladimir Putin, Redjep Tayip Erdogan i Xasan Ruxani na sovmestnoy press-konferentsii v Turtsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2020
Siyosat
Rossiya, Eron va Turkiya Suriya neftining noqonuniy bosib olinishini maʼqullamaydi
“Damashqning suvereniteti buzilishi haqidagi tanqidlari oʻrinli. Qurd tumanlarida, masalan Afrinda Turkiyaning har qanday harakatlari keskin qarshilikka duch kelmoqda. Lekin bu yerda ular demografik balans oʻzgarishidan foydalanib qolishmoqda. Qurdlar bilan yonma-yon sunniy arablar va turkomanlar joylashmoqda.Ular Turkiyaga juda xayrixoh”, - deydi sharqshunos.
Idlibda terrorchilar anklavi yuzaga kelgan. U yerda eng radikal guruhlar joylashib olgan. Ular hech qachon Suriyaning qayta tiklanish gʻoyasini qabul qilmaydi.
“Turklar shoshilmasdan ushbu hududlarni oʻzlariga qoʻshib olish uchun sharoit yaratishmoqda, - deb xulosa qiladi olim.
Bu ishda Moskva diplomatik kanallar orqali yoki vaziyatni joyida hal qilgan holda Anqaraga xalal berishi mumkin. 2020 yil boshida Idlibda vaziyat jiddiy yomonlashgan edi. Suriya armiyasi Rossiya koʻmagida katta hududlarni ozod qilgan edi. Oxir oqibat Turkiyani Suriya hududini tark etishga majbur qilishsa ajab emas.
*Rossiyada taʼqiqlangan terrorchi guruh.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala