Xuddi o‘z uyidagidek: Turkiya Suriya shimolini egallab olmoqda

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishSituatsiya v naselennom punkte ad-Deyr ash-Sharkiy v Sirii
Situatsiya v naselennom punkte ad-Deyr ash-Sharkiy v Sirii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
Obuna bo‘lish
Turkiya asta sekin Suriya shimolini o‘z hududiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Rossiya vaziyatga qanday ta’sir qilishi mumkin?
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik, Kseniya Melnikova.
Suriya shimoli-sharqi Damasga deyarli bo‘y so‘nmay qo‘ygan. Anqara esa u yerda shifoxona, maktablar qurmoqda, turk lirasini muomalaga kiritmoqda. Oldin qurdlar yashagan hududlarga turkomanlarni va sunniy arablarni ko‘chirmoqda.Bu bilan Turkiya Suriya suverenitetiga tahdid solmoqdami?

Noqonuniy kirishlar

“Suriya TIVi Turkiya hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni keskin qoralaydi. Idlibning terrorchilar nazorati ostida bo‘lgan hududlarida Turkiya Suriya shaxsiy va oilaviy hujjatlarini bekor qilib ularning o‘rniga noqonuniy Turkiya hujjatlarini bermoqda. Bu turklashtirish siyosatining cho‘qqisi”, - deyilgan Suriya axborot agentligi xabarida.
Damashq, shuningdek, “Suriya demokratik kuchlari” (SDF) nazorati ostida bo‘lgan hududlarga Fransiya va Nideland delegatsiyasi kirishini qoralab buni “Suriyaga qarshi agressiya” va “Xalqaro huquqning qo‘pol buzilishi” deb atadi.
Trassa M5 Damask-Aleppo v rayone poseleniya Maaret-Numan provinsii Idlib v Sirii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2020
Rossiya va Turkiya Idlib bo‘yicha ko‘plab masalalar yuzasidan kelishuvga erishdi
Suriya shimoli sharqidagi Qurd avtonom ma’muriyati Gollandiya hukumatiga “Islomiy davlat” jangarilarining 4 nafar qarindoshlarini – bir ayol va uch bolani bergan. Daniel Mitteran fondi hamda Pariya meriyasi vakillaridan iborat Fransiya delegatsiyasi ham Kamishli shahriga tashrif buyurgan. Damashq bu haqida ogohlantirilmagan.
Bu bilan G‘arb Suriyaning shimoli va shimoli-sharqi markazga bo‘y so‘nmayotganini ko‘rsatib qo‘ymoqchi bo‘lgan. Aslida esa vaziyat bunday emas. Masalan, 26-may kuni prezident saylovi vaqtida Kamishli va El-Xaseke shaharlarida saylov uchastkalari ishlagan.

Turklashtirish

Turkiya bilan chegaradosh bo‘lgan shimoliy hududlarda vaziyat butunlay boshqacha. Anqara u yerda qurdlarga qarshi harbiy operatsiyalar o‘tkazgan –2018 yilning yanvar – mart oylarida “Zaytun shoxi” hamda 2016 – 2017-yillarda “Firot qalqoni” operatsiyalari. Ushbu hududlarga Turkiyaga hayrixoh bo‘lgan Suriya muxolifat kuchlari hozirgacha saqlanib qolmoqda.
G‘arb va arab OAVlari hudud turklashtirilayotgani haqida bir necha yildan buyon ta’kidlab kelishmoqda. Bu yerda aholi punktlariga turkcha nomlar berish, turk lirasi suriya funtini siqib chiqarishi, qurdlar yashagan hududlarga turkomanlar va sunniy arablar ko‘chib o‘tishi kuzatilmoqda.
Odatga ko‘ra, Anqara “yumshoq kuch”dan foydalanmoqda. Maktablar qayta qurilgan, o‘quv dasturlari turkchaga moslashtirilgan. Maslan tarix kitobidagi “Usmoniylar istilosi” iborasini “Usmoniylar hokimligi” deb almashtirilgan. Minglab o‘qituvchilar qo‘shni davlatlardan maosh olmoqda. Turk tili birinchi sinfdan boshlab o‘rgatilmoqda. Maktab bitiruvchilariga esa Turkiya OTMlariga kirish taklif qilinmoqda.
Bolshaya mechet Medjidie v Stambule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2021
Turkiya Markaziy Osiyoda qanday rol o‘ynaydi – ekspertlar fikri
Shifoxonalarni qayta tiklashda ham Anqara ishtirok etmoqda. May oyining oxirida Anadolu agentligi Turkiya Idlib tumaniga elektr ta’minotini tiklaganini ma’lum qilgan edi. Ta’mirlash ishlari yetti oy davomida olib borilgan. Bunga qadar elektr kuniga 2 soat davomida uzatilgan xolos.
Turkiya Qurolli kuchlari javobgarligi ostidagi hududlarda faoliyati yuritayotgan jangarilar 29-may kuni, maktab o‘quvchilarini Suriya diplomi olish uchun bo‘lgan imtihonga o‘tkazib yubormagan edi. Qurollangan kishilar maktab o‘quvchilari ketayotgan avtobusni to‘xtatib uni orqaga jo‘natib yuborishgan.

Arzlar ko‘p

Iyun oyining boshida Turkiyaga amerikaning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild kelgan edi. Ular Suriya shimoliga Bab al-Xava nomli asosiy nazorat-o‘tkazish punkti orqali insonparvarlik yordami yetkazib berish haqida kelishib olishdi. Bloomberg buni “Rossiyaning Suriyaga ko‘rsatilayotgan yordamni cheklashiga qarshi qaratilgan tashabbus” deb atadi. Nazorat punkti mandati 10-iyulda tugaydi. G‘arb va Turkiya uning muddatini uzaytirish tarafdori. Rossiya bo‘lsa – mutlaq qarshi.
Anqara ta’kidlashiga ko‘ra, BMT nazoratisiz Turkiyaga yana qochqinlar yopirilib kela boshlaydi. Moskva esa ushbu nazorat punktini keraksiz deb hisoblaydi, chunki u orqali kirib kelayotgan yordam noteng taqsimlanmoqda va asosan jangarilar qo‘liga tushmoqda.
"Bab al-Xava" orqali yetkazib berilayotgan yordamni mamlakat ichidan yetkazib bersa ham bo‘ladi. Ushbu punktni nazorat qilayotgan jangarilar shaffof yetkazib berish tizimini xoxlamaydi, - deb yozgan edi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy.
Konsert na blokpostu rossiyskix mirotvorsev v Karabaxe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2021
Rossiya va Turkiya Qorabog‘dagi sulhni qanday nazorat qiladi
Moskva va Anqaraning Suriya borasida erishilgan kelishuvlar qanday amalga oshirilayotgani borasida bir qancha da’volar to‘planib qolgan. Tomonlar vaqti vaqti bilan “o‘t ochishni to‘xtatish” rejimi buzilayotganini xabar qilishmoqda, yaralanganlar haqida turlicha ma’lumotlar keltirishmoqda. Bahorda shartnoma mutlaq bekor qilinish xavfi ostida edi.
Anqara Suriya harbiylarini va shaxsan Bashar Asadni Idlibdagi deeskalatsiya hududiga zarba berishda va “gunohsiz odamlar o‘limi”da aybladi. Suriya muxolifati esa Rossiya havo harbiy kuchlarining Bab al-Xavaga hujumi haqida ma’lum qilishdi. Undan tashqari Turkiya havo kuchlari ilk bor Rakka hududiga hujum uyushtirishdi.
“Rossiya – Turkiya hamkorlik qilayotgan hududlarda ham vaziyat murakkabligicha qolmoqda. U yerda terrorchilar hali ham bor. Bu esa vaziyatni normallashtirishga xalal bermoqda. Lekin hamkorlik davom etmoqda. Suriya borasida ham ayrim kelishmovchiliklar bor”, - degan edi bu borada Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Yaxshi yuz bilan yomon ishlar qilmoqda
Muammo shundaki, Turkiya Suriyada o‘zini xuddi o‘z uyidagidek tutmoqda. Suriya shimolida turk qo‘shinlari noqonuniy bo‘lib turishibdi. Ularni na Suriya hukumati na BMT Xavfsizlik kengashi taklif qilgan, - deydi IMEMO ilmiy xodimi, Rossiya diplomatik akademiyasi dotsenti Vladimir Avatkov.
“Aslida Anqara ana shunday aralash texnologiyalar yordamida o‘zining ta’sir hududini kengaytirishni istaydi. Buni yangi usmoniylik, turkcha islomiylik yoki yangi panturkizm deyish mumkin.
Turklar aksariyat mahalliy aholi – turkomanlar ekanini ta’kidlashmoqda. Ya’ni usmoniylar imperiyasi davridan qolgan turklar. Aslida esa Turkiya agressiv hujumkor siyosat o‘tkazmoqda. Bu Suriyadan boshqa yo‘nalishlarda ham sezilmoqda, - deydi siyosatchi.
Sharqshunos va publitsist Andrey Ontikov ham ushbu fikrga qo‘shiladi.
Prezidenti Rossii, Tursii i Irana Vladimir Putin, Redjep Tayip Erdogan i Xasan Ruxani na sovmestnoy press-konferensii v Tursii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2020
Rossiya, Eron va Turkiya Suriya neftining noqonuniy bosib olinishini ma’qullamaydi
“Damashqning suvereniteti buzilishi haqidagi tanqidlari o‘rinli. Qurd tumanlarida, masalan Afrinda Turkiyaning har qanday harakatlari keskin qarshilikka duch kelmoqda. Lekin bu yerda ular demografik balans o‘zgarishidan foydalanib qolishmoqda. Qurdlar bilan yonma-yon sunniy arablar va turkomanlar joylashmoqda.Ular Turkiyaga juda xayrixoh”, - deydi sharqshunos.
Idlibda terrorchilar anklavi yuzaga kelgan. U yerda eng radikal guruhlar joylashib olgan. Ular hech qachon Suriyaning qayta tiklanish g‘oyasini qabul qilmaydi.
“Turklar shoshilmasdan ushbu hududlarni o‘zlariga qo‘shib olish uchun sharoit yaratishmoqda, - deb xulosa qiladi olim.
Bu ishda Moskva diplomatik kanallar orqali yoki vaziyatni joyida hal qilgan holda Anqaraga xalal berishi mumkin. 2020-yil boshida Idlibda vaziyat jiddiy yomonlashgan edi. Suriya armiyasi Rossiya ko‘magida katta hududlarni ozod qilgan edi. Oxir oqibat Turkiyani Suriya hududini tark etishga majbur qilishsa ajab emas.
*Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi guruh.
Yangiliklar lentasi
0