Kolumnistlar

Baydenni Putinning "kuryeriga" aylantirishmoqda...

© AFP / ALEXEY DRUZHININAmerikanskiy lider Djo Bayden i prezident Rossii Vladimir Putin
Amerikanskiy lider Djo Bayden i prezident Rossii Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
AQSH va Rossiya prezidentlarining har qanday uchrashuvi arafasida turli igʻvolar va uchrashuvni buzishga qaratilgan harakatlar odatiy holga aylangan.
Esingizda boʻlsa, 2018 yilda Putin va Trampning Xelsinki sammiti oldidan AQShda Rossiya fuqarosi Mariya Butina shpionlikda ayblab qoʻlga olingan edi. Yoki Buenos-Ayresdagi G20 sammiti arafasida Ukraina Kerch boʻgʻozida provokatsiya uyushtirgan va undan AQSH va Rossiya prezidentlari uchrashuvini bekor qilish uchun foydalanilgan edi.
Bu safar ham, ikki prezidentning Jenevadagi uchrashuvi oldidan uchrashuvni buzishga qaratilgan igʻvolar boʻlishi shubhasiz. Yoki boʻlmasa vaziyatni murakkablashtirib, uchrashuv uchun ogʻir fon yaratilishiga harakat qilish – kutilmoqda.
Ushbu sohada ayni damda hammadan koʻp amerikalik respublikachilar harakat qilmoqda. Ular Trampning 4 yillik davrida unga yogʻilgan “ruslarga xayrixohlik” uchun intiqom olishga tayyor. Bir vaqtlar demokratlar Putinning qoʻgʻirchogʻi deb nom qoʻygan senator Ted Kruz hamr qadamda “Bayden – Amerika dushmani boʻlgan Putin bilan apoq-chapoq boʻlayotganini” aytib yuribdi.
Bыvshiy prezident SSHA Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2021
Dunyoda
Tramp: Rossiya va Xitoy Bayden ustidan ochiqchasiga kulmoqda
Boʻlajak uchrashuv haqida xavotirga tushayotgan odamlarning yana bir toifasi – bu turli xil “Rossiya boʻyicha ekspertlardir”. Baʼzida ularni kremnologlar deb ham atashadi. Ular har bir ana shunday uchrashuvda “misli koʻrilmagan xatarlar”ni koʻrib “qayta ishga tushirish” terminidan dahshatga tushishmoqda.
AQSH va Rossiya orasidagi munosabatlarning qayta ishga tushirilishiga hech kim ishonmasa ham, gʻarbiy kremnologlar har bundan juda qoʻrqishmoqda. Lavrov aytishiga koʻra, bu yerda qiladigan ishlar shunchalik koʻp-ki, ularni tartibga solish oson boʻlmaydi.
Ular kutilayotgan uchrashuv atrofida chidab boʻlmas axborot atmosferasi yaratishga harakat qilishmoqda va bu yoʻlda hatto “Baydenga qaraganda Tramp aqlliroq edi”, degan gaplarni ham aytishga bormoqda.
Bu borada The Times nashri va Britaniyaning asosiy kremnologi, Rossiyaga qarshi salb yurishlari boshligʻi Edvard Lukas “Bayden jamoasi Obama maʼmuriyati xatolarini takrorlamoqda” dedi. Bunday yondashuv Gʻarbning erkin OAVlari uchun mutlaq kutilmagan holat.
“Trampning bosqichma-bosqich olib borgan tashqi siyosati hurmatga koʻproq sazovor edi. Xitoy haqida ham u haq boʻlib chiqdi. U Germaniyani ham mudofaa xarajatlariga ziqnaligini, uquvsiz va oʻzboshimchaligini ham tanqid qilardi. Shuningdek, u Yevropada qoʻshinlar sonini oshirishga muvaffaq boʻldi”, - deb yozadi Lukas.
Kremlga qarshi doimiy kurashchilardan yana biri – AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Maykl Makfol ham uning fikriga qoʻshildi va munosabatlarni “qayta yuklash”ni oʻta xavfli deb atadi.
Yaqinda The Washington Post gazetasida chop etilgan maqolasida u shunday yozadi:
“Baydenning maqsadi Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashda boʻlishi kerak emas. Uning jamoasi xavfsizlik, iqtisod, qadriyatlar borasida muayyan maqsadlarni koʻzlagan boʻlishi kerak. Kelajakda esa hafsalasi pir boʻlishgna tayyor boʻlishi kerak”.
Prezident SSHA Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.04.2021
Dunyoda
Bayden AQSH Rossiya bilan munosabatlar keskinlashishiga intilmasligini maʼlum qildi
MSNBC telekanaliga bergan intevyusida Makfol ochiqchasiga “Men Bayden Putin bilan barqaror va kutilgan munosabatlar haqida gapirmaydi deb sitqidildan umid qilaman. Bu amalga oshmaydi”, - dedi. Sobiq diplomat har ikki gapning birida Bayden Jenevada Moskva bilan yaqinlashishda davom etmasligiga va faqat “keskin messejler” bilan cheklanishiga umid qilishini gapirib kelmoqda.
Oʻzlarini “Rossiya boʻyicha ekspert” deb biladigan siyosatchilar bayonotlariga nazar tashlansa – ularning fikri bir joydan chiqayotganiga amin boʻlish mumkin. Frantsiyalik kremnolog Metyu Buleg va yaqinda Rossiyani abadiy izolyatsiya qilishga chaqirgan Britaniyaning Chatem-xaus markazi tomonidan oʻz niyatlarini ochiqchasiga “Hozir Moskva bilan munosabatlar yaxshilanmasligi aslida juda yaxshi”, - deyishmoqda.
Buleg ham oʻtgan davrlarda amalga oshirilgan “qayta ishga tushirishlar”ni esga olib Gʻarb siyosatchilari yana bir bor “Moskva bilan kelishiga urinayotgani – ularda mushak xotirasi yoʻqligidan va ommaviy ravishda oʻtmish darslarini unutganidan darak beradi”, - deydi.
Buleg, Chatem-xaus bayonotini davom ettirgan holda barcha ruslar bilan doimiy nizoda boʻlishga chaqiradi. U hatto oʻz hisobotida bir necha bor oʻz fikriga qarama-qarshi fikrlar bildiradi. Bir gapda u Rossiya “tushkun” holatda desa, boshqa gapda “Rossiya bu Xitoy emas” va AQSH tashqi siyosatida ustuvor oʻringa ega boʻlishi kerak deydi.
Oʻz mulohazalarini Buleg Yevropa siyosatini tahlil qilish markazi (CEPA) saytida chop etgan. Ushbu tashkilot sayti soʻnggi vaqtlarda aksilrossiya mavzusida tahliliy maqolalar chiqarish generatoriga aylangan, desak xato boʻlmaydi.
Tepada aytib oʻtilgan Edvard Lukas ham ana shu tashkilotdan. AQShning Ukrainadagi sobiq maxsus vakili Kurt Volker ham ana shu yerda ishlaydi. Volker oʻz vaqtida Donbassda mojaroni avj oldirish uchun koʻp ishlarni qilgan edi. Jeneva sammitida boʻlajak uchrashuv yakunlarini tahlil qilarkan u ham Bayden jamoasidan Moskva bilan “Barqaror va kutilgan” munosabatlarga umid qilmaslikni maslahat berdi. Buning oʻrniga sammit arafasida Rossiyaga qarshi yangi qattiqqoʻl sanktsiyalar kiritishni maslahat berdi. Uning fikriga koʻra bu muzokarlarda AQShga “kuchli tomon boʻlish imkonini beradi”. Bu yerda faqat bir savol paydo boʻladi – yangi sanktsiyalar kiritish uchun uchrashishning nima keragi bor? AQSH shundoq ham yetarlicha sanktsiyalar kirtib boʻlgan.
Prezident SSHA Djo Bayden vo vremya tseremonii privedeniya k prisyage - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.05.2021
Dunyoda
AQShni egallab olmoqchi. Bayden Si Tszinpinning rejalarini oshkor qildi
Lekin prfessional kremnologlar xulosasi ana shunday. Ular mojarolardan chiqish yoʻlini qidirishmaydi. Ularning ayrimlari hayolida haliyam 90-yillardagi “dahshatlar” boʻlsa ajab emas. SSSR tarqalib ketganidan soʻng Gʻarbda koʻplab yuqori malakali sovetologlar ishsiz qolgan, “rus masalasi” borasida ishlaydigan tahliliy markazlar buzib tashlangan edi. Undan soʻng Obama davridagi “qayta yuklash” ushbu markazlar qoldiqlarini ham yoʻq qilib tashladi. Mutaxassislardan aksariyati hech kimga kerak boʻlmay qolgan edi.
2014 yil voqealaridan soʻng esa Gʻarb OAVlarida yana bir bor anirossiya kayfiyatda boʻlgan ekspertlarga talab paydo boʻldi. Kremlenologlar uchun renessans davri keldi. Britaniyaning Integrity Initiative loyihasi va shunga oʻxshash loyihalarda ishlaydiganlar moʻmaygina mablagʻ topa boshlashdi. Bu toifa loyihalarga yollangan odamlar, albatta, oliy darajadagi uchrashuvlarni barbod qilish uchun qoʻlidan kelgan barchi ishlarni amalga oshirishga tayyor.
“Aksilrossiya” kayfiyatli ekspertlarga talab kuchayganidan soʻng ularning qatoriga koʻplab, shu vaqtga qadar Rossiyaga yoki sobiq Ittifoqqa hech qanday munosabatda boʻlmaganlar ham kirib kela boshladi. Ular orasida “Odessa Qrimda joylashgan” deb oʻylaydiganlar yoki “Ukrainani Qrim koʻprigiga raketa zarbasi berishga chaqirayotganlar” ham bor.

Ana shunday ekspertlardan biri amerikalik Tom Rogan Baydenni “Rossiya prezidentining kuryeri” deb atashdan toymadi. Bir vaqtlar Edvard Snouden sirlarini chop etgan amerikalik jurnalist Glenn Grinvald eski uslubda ish boshladi: Balkim Putinda Baydenga qarshi biror kompromat bordir: moliyaviy, siyosiy yoki shaxsiy narsa? Men buning javobini bilmayman, lekin bu yerda bir gap bor.”, - deb oʻzicha intriga boshladi.

Yaqin kunlar ichida bizga ana shu kabi koʻplab maqolalar taqdim etilishiga shubha yoʻq. Baydenga media orqaldi oʻta kuchli bosim oʻtkazilmoqda, lekin bu Trampga boʻlgan bosim va “Rashageyt” tutqanogʻiga nisbatan sezilarli darajada kam.
Rossiya - AQSH munosabatlarida biroz iliqlashishiga imkon paydo boʻldi deguncha, ana shunday ritorika u yaqqol kuchayib borishi tabiiy. Kremlenologiya – tobora grotesk shakliga kirib borayotgan boʻlsa ham, daromadli kasbga aylanmoqda. Siyosatchilar tinchlikni istasa ham Rossiya ekspertiga chiqargan jurnalistlar hech qachon tinchlik boʻlishini istamaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala