Siyosat

Jirinovskiy Makronga shapaloq tushirgan erkakni 10 yilga qamashga chaqirdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishPredsedatel LDPR Vladimir Jirinovskiy
Predsedatel LDPR Vladimir Jirinovskiy  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Rossiya Davlat dumasining Liberal-demokratik partiyasi fraktsiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy Makronni haqoratlash bu – butun boshli Frantsiyaga berilgan zarba, deya fikr bildirmoqda
TOSHKENT, 9 iyun – Sputnik. LDPR fraktsiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy, erkak tomonidan shapaloq tushirilgan Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron hodisasiga izoh berar ekan, "yaramas uchun eng jiddiy chora koʻrilishiga" umid qilishini aytdi.
Frantsiya yetakchisi Emmanuel Makron seshanba kuni Drom departamentiga tashrifi chogʻida omma orasida boʻlgan bir erkakdan tarsaki yedi.
Prezident Frantsii Emmanuel Makron - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Dunyoda
Frantsiyada bir erkak Makronning yuziga tarsaki tushirdi - video
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga koʻra, Frantsiya Respublikasi rahbari Ten-l'Ermitaj kommunasida litseyda boʻlgach uni toʻsiq ortida kutib turganlar tomon yuradi.
Odamlar orasida turgan erkaklardan biri Makronga tarsaki tushiradi.
Holatga shu zahoti qoʻriqchilar aralashdi, tajovuzkorlik namoyish etgan erkakning qoʻli qayrildi. Hodisa natijasida ikki shaxs qoʻlga olindi. Qoʻlga olinganlarning ikkinchisi yuz bergan hodisani videoga olayotgan boʻlgan.
"Biz Frantsiya prezidentiga qoʻl koʻtarishga jazm etgan bezorining harakatlaridan qattiq gʻazabdamiz. Davlat rahbari lavozimi muqaddas – u mamlakat ramzidir. Shu bois, prezidentga berilgan har qanday zarba yoki haqorat – bu butun Frantsiyaga berilgan zarbaga teng. Bu yaramas uchun eng jiddiy jazo qoʻllaniladi va unga 10 yil qamoq jazosi beriladi, deya umid qilamiz", - deb yozgan Jirinovskiy oʻzining Telegram-kanalida.
LDPR rahbari bu notoʻgʻri harakat ekanligini va dunyoning har qanday davlatida bunday holatning oldini olish lozimligini qoʻshimcha qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala