Siyosat

Mirziyoyev Qatar davlati delegatsiyasini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Suhbat davomida taʼlim, fan, madaniyat va ziyorat turizmi sohalarida almashinuv dasturlarini amalga oshirishdan ikki mamlakat ham manfaatdor ekani taʼkidlandi.
TOSHKENT, 9 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 9 iyun kuni Qatar davlati Bosh vaziri oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot-xizmati.
Koʻp qirrali Oʻzbekiston-Qatar munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston rahbari ikki tomonlama hamkorlik surʼati keyingi yillarda jadallashib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Xususan, yuqori darajadagi tashriflar va siyosiy maslahatlashuvlar oʻtkazildi, tovar ayirboshlash koʻrsatkichlari oʻsmoqda. Ishbilarmonlik va turizm sohalaridagi almashinuvlarni ragʻbatlantirish maqsadida Qatar fuqarolari Oʻzbekistonda boʻlishi uchun viza tartibi soddalashtirildi.
Flagi Uzbekistana i Katara - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Siyosat
Oʻzbekiston va Qatar TIV rahbarlari Afgʻonistonga yordam masalasini muhokama qilishdi
Mirziyoyev Qatar Amiri shayx Tamim Ol Soniyni rasmiy tashrif bilan mamlakatga kelishga yana bir bor taklif etdi.
Qatar delegatsiyasi rahbari, oʻz navbatida, iliq qabul uchun Oʻzbekiston yetakchisiga samimiy minnatdorlik bildirib, Qatar Amirining salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Mirziyoyev suhbatda birinchi navbatda savdo, investitsiyaviy, innovatsiyaviy, moliyaviy-texnik sohalarda, shuningdek, bugun imzolangan Havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga muvofiq – transport sohasida amaliy sheriklikni yoʻlga qoʻyish va kengaytirish muhim ekanini taʼkidladi.
Qoʻshma investitsiya jamgʻarmasini tashkil etish, Qatarning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlarini jalb qilgan holda sanoat tarmoqlarida zamonaviy ishlab chiqarishlarni ishga tushirish, mamlakatda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, infratuzilmani modernizatsiya qilish boʻyicha istiqbolli loyihalarni tez fursatda tayyorlash va ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Uzbekistan i Katar podpisali soglasheniye o vozdushnom soobщenii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Siyosat
Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisida bitim imzolandi
Bundan tashqari, taʼlim, fan, madaniyat va ziyorat turizmi sohalarida almashinuv dasturlarini amalga oshirishdan ikki mamlakat ham manfaatdor ekani taʼkidlandi.
Xalqaro siyosatga doir va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Qatar tashqi siyosiy idorasi rahbari Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etishga va ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga koʻmaklashish borasidagi faol saʼy-harakatlarini yuksak baholadi va qoʻllab-quvvatladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala