Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida 730 mln dollarlik shartnomalar imzolandi

© Press-slujba MIVTV Tadjikistane sostoyalsya 1-y Uzbeksko-tadjikskiy mejregionalnыy investitsionnыy forum
V Tadjikistane sostoyalsya 1-y Uzbeksko-tadjikskiy mejregionalnыy investitsionnыy forum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Oʻzbekiston va Tojikiston birgalikda avtomobil, transformator, maishiy texnika ishlab chiqaradi.
TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Boxtar shahrida Oʻzbekiston prezidentining Tojikistonga tashrifi arafasida birinchi Oʻzbekiston – Tojikiston hududlararo investitsiyaviy forum boʻlib oʻtdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Tadbirda Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov, Tojikiston bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Davlatali Said, ikki mamlakat vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, savdo-sanoat palatalari, chegaradosh viloyatlari rahbarlari, shuningdek, 300 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash va ilgari surish maqsadida 50 mln dollarlik ustav kapitaliga ega Oʻzbekiston – Tojikiston investitsiya jamgʻarmasi tashkil etilgani tilga olindi.
Forum davomida ikki mamlakat hududlari va tegishli idoralar rahbarlari soʻzga chiqib, investitsiyaviy hamkorlikning imkoniyatlari, shuningdek, avtomobil sanoati, toʻqimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat va elektrotexnika sanoati, qishloq xoʻjaligi kabi sohalarda yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini birgalikda roʻyobga chiqarish yuzasidan aniq takliflarning taqdimotini oʻtkazdi.
Jiteli Tursunzade torjestvenno vstretili Prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrif dasturidan qanday tadbirlar oʻrin olgan
Forum yakunlari boʻyicha Tojikiston hukumati huzuridagi Eksport agentligi bilan Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim, avtomobil, transformator, maishiy texnika ishlab chiqarish, intensiv bogʻlar, issiqxona komplekslari, qishloq xoʻjaligi va meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha qoʻshma korxonalarni tashkil etish boʻyicha bitimlar, shuningdek, bir qator savdo shartnomalari imzolandi. Imzolangan hujjatlarning umumiy summasi 730 mln dollarni tashkil etdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala