Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni yetti yuzdan oshdi

© SS0 / Unsplash / Fusion Medical AnimationKoronavirus, illyustrativnoye foto
Koronavirus, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Oʻzbekistonda sutka davomida 199 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 102 362 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Sutka davomida 199 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 102 362 nafarni tashkil qilmoqda.
Vrachi vo vremya operatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Jamiyat
Koronavirus Oʻzbekistonda: yana 3 kishi vafot etdi
Yangi holatlar: Andijon viloyatida (4), Buxoro viloyatida (4), Jizzax viloyatida (7), Qashqadaryo viloyatida (14), Navoiy viloyatida (2), Namangan viloyatida (2), Samarqand viloyatida (12), Sirdaryo viloyatida (3), Surxondaryo viloyatida (5), Fargʻona viloyatida (3), Xorazm viloyatida (1), Toshkent viloyatida (32), Toshkent shahrida (110) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 98 445 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.
Ayni paytda 3 216 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.
Vaktsinatsiya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda necha kishi koronavirusga qarshi toʻliq emlandi

Vaktsinatsiya

Respublikada jami 2 433 534 doza vaktsinadan foydalanildi. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 1 511 710 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 903 198 nafarni, 3-bosqichda emlanganlar 18 626 nafarni tashkil qildi.

Oʻlim holatlari

Koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi, Oʻzbekistonda jami 701 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 173,9 milliondan oshdi, 3,7 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (33,4 mln), Hindistonda (28,9 mln), Braziliyada (17,0 mln).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala