Jamiyat

Sibirda Rossiya va Oʻzbekiston spetsnaz boʻlinmalarining mashqlari boshlandi

© Departament informatsii i massovыx kommunikatsiy Minoboronы respublikiVoyennыe ucheniya, proshedshiye na Chirchikskom poligone na baze uchebnogo tsentra Akademii Voorujennыx sil Uzbekistana
Voyennыe ucheniya, proshedshiye na Chirchikskom poligone na baze uchebnogo tsentra Akademii Voorujennыx sil Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
RF Markaziy harbiy okrugi va Oʻzbekiston maxsus kuchlari boʻlinmalarining qoʻshma mashqlari boshlandi.
TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Krasnoyarsk oʻlkasida RF Markaziy harbiy okrugi va Oʻzbekiston maxsus kuchlari boʻlinmalarining qoʻshma mashqlari boshlandi, deb xabar qildi RIA Novosti Markaziy harbiy okrug matbuot xizmatiga asosan.
"Maxsus maqsadli guruhlar qoʻmondonlariga jangovar topshiriqni bajarish toʻgʻrisida buyruq berildi, zobitlar jangovar tayyorgarlik vazifalarini bajarishga kirishishdi", - deyilgan xabarda.
Mashqlar afsonasiga koʻra, harbiylar shartli jarohatlarganlarni evakuatsiya qilish, Gʻarbiy Sayan togʻ tizmasining qiyin joyidan oʻtishlari kerak.
Ucheniya soyedineniya spetsnaznacheniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Kolumnistlar
Qoʻshma manyovrlar: Rossiya va Oʻzbekiston spetsnazlari nimaga tayyorlanmoqda
Mashqlar davomida ikki mamlakat razvedkachi guruhlari togʻli oʻrmon marshrutidan oʻtadilar, qidiruv va razvedka tadbirlarini oʻtkazadilar, shartli qaroqchilar guruhining lagerini qoʻlga olish mashqlarini bajarishadi.
Keyinchalik ular jarohatlanganlarga birinchi yordam koʻrsatib, ularni evakuatsiya qiladilar. Shuningdek, harbiylar raqib joylashgan hududda oziqa izlab topish mashqlarini bajarishadi.
Texnik razvedka uskunalari va lazer qurilmalarini qoʻllashga alohida eʼtibor qaratiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala